Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati joriy yilning 25 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh ayollar tomonidan bir qizning do‘pposlagani holati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ushbu holat yuzasidan Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, joriy yilning 7 mart kuni soat taxminan 21:00 lar chamasida  Nukus shahrida yashovchi Yu.S , J.D,  K.A,  M.D,  hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G. lar bilan o‘zora gap talashib, har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Bunga chiday olmagan L.A, S.Yu bilan janjallashgan vaqtida S.Yu ning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A ni urib do‘pposlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtirish ishlari olib borilmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samosud” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi