Samimiy qutlovlar
Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining 25-yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi. O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori benihoya yuqoridir.
Do‘stlik va o‘zaro hurmatning ezgu an’analariga tayanuvchi davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Ishonchim komilki, biz o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yechishda sa’y-harakatlarimizni samarali ravishda muvofiqlashtirib boraveramiz. Bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman.
Ehtirom ila,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llashgan:
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi – Elizaveta II
Yaponiya Imperatori – Akixito
Belgiyaliklar Qiroli – Filipp
Fransiya Respublikasi Prezidenti – Fransua Olland
Hindiston Respublikasi Prezidenti – Pranab Mukerji
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev
Moldova Respublikasi Prezidenti – Nikolaye Timofti
Turkiya Respublikasi Prezidenti – Rejep Tayyip Erdo‘g‘on
Turkiya Respublikasi Bosh vaziri – Binali Yildirim
Chexiya Respublikasi Prezidenti – Milosh Zeman
Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska
Bolgariya Respublikasi Prezidenti – Rosen Plevneliyev
Malayziya Qiroli – Abdul Xalim Muadzam Shoh Yang di-Pertuan Agong XIV
Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya Qo‘mitasi Raisi – Mahmud Abbos
Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid
Isroil Davlati Prezidenti – Reuven Rivlin
Singapur Respublikasi Prezidenti – Toni Tan Keng Yam
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri – Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Belgiya parlamenti Vakillar palatasi raisi – Zigfrid Brake
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori – Evgeniy Sisoyev
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti – Siril Myuller
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) prezidenti – Kim In Suk
Koreya Eksport-import banki raisi va prezidenti – Li Duk Xun
“Samsung Injiniring” prezidenti va bosh ijrochi direktori – Pak Chung Xim
“LUKOYL” kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashining raisi – Van Ilin
“Poli Teknolojiz” kompaniyasi prezidenti – Van Lin
“ZTE” korporatsiyasi prezidenti – Chjao Syanmin
“Sumitomo Korporeyshn” Boshqaruvi raisi – Kazuo Omori
“Marubeni Korporeyshn” Boshqaruvi raisi – Teruo Asada
“Mitsubisi Xitachi Pauer Sistems” Boshqaruvi raisi – Koji Tanaka
“Mitsubisi Xevi Indastriz Ltd.” prezidenti va katta ijrochi direktori – Shun’ichi Miyanaga
“Fujitsu Limited” prezidenti – Tatsuya Tanaka
“Isuzu Motors Limited” Boshqaruvi raisi va vakolatli direktori – Susumi Xosoi
“ITOChU Korporeyshn” prezidenti – Masaxiro Okafudzi
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori – Abdulvahob al-Badir
Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili – Peter Burian
Evropa Parlamenti deputati, Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi raisi – Iveta Grigule
Inha universiteti prezidenti – doktor Choy Sunja
Nagoya universiteti prezidenti – Seichi Matsuo
Evropa menejment va texnologiyalar maktabi prezidenti – Yorg Roxoll
Moskva va Butun Rossiya Patriarxi – Kirill
Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari – Vikentiy
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.