O‘lmas Umarbekov asarlari hayotiyligi, ko‘ngilga yaqinligi, samimiyati bilan o‘quvchilar mehrini qozongan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli adib, dramaturg, davlat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid O‘lmas Umarbekov ijodi yigirmanchi asr adabiyotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Anjumanda O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim Ibrog‘im G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, ustoz ijodkor Ahmadjon Meliboyev, adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov, “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri, taniqli jurnalist Gulchehra Umarova va boshqalar O‘lmas Umarbekov yaxshi inson, yetuk ijodkor, yaxshi rahbar, namunali oila boshlig‘i sifatida xalqimiz xotirasida muhrlanib qolganini ta’kidladi.  

–  Xotira tadbiriga kelishdan avval O‘lmas akaning asarlarini yana bir marta qayta o‘qib chiqdim, – dedi O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov. – O‘tgan asrning 60-70-yillarida bizda hosil bo‘lgan tasavvurlar yana xayolimda tobora ko‘proq jonlandi. Uning “Odam bo‘lish qiyin” asari kitobxonlar tomonidan talashib-tortishib o‘qilgan. “Yoz yomg‘iri”, “Sevgim-sevgilim” kabi asarlari yoshlikning jo‘shqinligi bilan yozilgan. O‘sha davrlarda O‘lmas akaning qahramonlariga bag‘ishlab bir maqola ham yozgandim. Bu maqolani hozir o‘qisam, 25-26 yoshli yigitning tasavvurlari xayolimda jonlanadi. O‘lmas akaning prozada mashhur bo‘lgan asarlarining siri nimada edi? Bularning barini bir narsa – odamni hayratga soladigan insoniy tozalik, xayollar pokligi, pokizalik birlashtirib turadi. O‘lmas Umarbekov ruhan pokligi va axloqiy go‘zalligini yo‘qotmagan ijodkor edi. Uning asarlari go‘yo bugun yozilgandek, hozir ham kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majidning fikricha, O‘lmas Umarbekov qaysi tashkilotda, qanday lavozimda ishlamasin, u haqida faqat yaxshi fikrlar bildirilganiga ko‘plarimiz guvoh bo‘lganmiz. Bugun O‘zbekistonda 400ga yaqin xususiy nashriyot faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, O‘lmas Umarbekovning asarlari eng ko‘p chop etilishi bilan diqqatga sazovor. Demakki, o‘quvchilar hamon xalqimizning ardoqli adibi ijodiga katta ehtiyoj sezadi.  

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev O‘lmas Umarbekovning xalqimiz, millatimiz taqdiriga hamisha jonfidolik bilan qaraganini, 90-yillardagi g‘oyat murakkab vaziyatlarga shu yurtning jonkuyar farzandi sifatida yondashgani, amaliy ishlar olib borganini qayd etdi.  

–  O‘lmas aka bizlarga tog‘a bo‘ladilar, – dedi  “Oqila ayollar” harakatining faoli, olima Malika Soatova. – Kitob o‘qigan, ilm izlagan odamlarni juda yaxshi ko‘rar edilar. Va shu ezgu maqsad yo‘lida o‘zlarining yordamlarini sira ayamaganlar. Qirq yil davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyat ko‘rsatdim. Insonlarni ma’rifatga chorlashda O‘lmas akaning xizmatlari beqiyos. Xalqimizning ardoqli adibi O‘lmas Umarbekov xotirasiga ko‘rsatilayotgan shunday e’tibor va ehtirom uchun minnatdorlik bildiramiz.  

Adabiy  anjumanda O‘lmas Umarbekovning insoniylik, ustozlik fazilatlari, faol fuqarolik pozitsiyasi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid ezgu ishlari, asarlari haqida batafsil so‘z yuritildi.  

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samimiy, mehribon, pokiza qalbli ijodkor yodi