Samimiy qutlovlar
Mamlakatimiz mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.Quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llashgan:
Pan Gi Mun - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi
Elizaveta II - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi
Pak Kin Xe - Koreya Respublikasi Prezidenti
Si Szinpin - Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Barak Obama - Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Pranab Mukerji - Hindiston Respublikasi Prezidenti
Vladimir Putin - Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Joze Manuel Barrozo - Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti
Abdulla bin Abdulaziz Ol Saud - Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi
Salmon bin Abdulaziz Ol Saud - Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Mudofaa vaziri
Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon - Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri
Hasan Ruhoniy - Eron Islom Respublikasi Prezidenti
Filipp - Belgiyaliklar Qiroli
Anibal Antonio Kavako Silva - Portugaliya Respublikasi Prezidenti
Andrey Kiska - Slovakiya Respublikasi Prezidenti
Rosen Plevneliyev - Bolgariya Respublikasi Prezidenti
Andris Berzinsh - Latviya Respublikasi Prezidenti
Aleksandr Lukashenko - Belarus Respublikasi Prezidenti
Almazbek Atambayev - Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti
Chiong Tan Shang - Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti
Maxinda Rajapaksa - Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti
Kim Yen Nam - KXDR Oliy Xalq Majlisi Prezidiumining Raisi
Papa Fransisk - Rim-katolik cherkovi rahbari
Sergey Lebedev - MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi Kotibi
Tomas Kunse - Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili
Vikentiy - Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropoliya okrugi rahbari
Boris Qandov - AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi Prezidenti
Abdulla Xo‘ja - Turkistonliklarning Amerikadagi jamiyati raisi
Yuriy Shterk - Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari, elchi
Stefan Prisner - BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.