Samibayeva Umida Xurshidovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bakterial pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 da endotelial disfunksiyasi belgilarining patogenetik ahamiyati” mavzusida
Samibayeva Umida Xurshidovnaning 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha “Bakterial pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 da endotelial disfunksiyasi belgilarining patogenetik ahamiyati” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 1 may kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100106, Toshkent shahri., Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 2-uy. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: +998 (71) 243-36-05
e-mail: epidemiology.uzb@gmail.com