Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi tadqiqotchisi Otabek Umarov Vengriyaning Debretsen universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qildi.

SamDU matbuot xizmati xabar berishicha, bu yosh olim bir vaqtning o‘zida har ikki universitet doktoranti hisoblanadi.

Nafaqat Samarqand, balki Markaziy Osiyoning eng ko‘hna dorilfununlaridan biri sifatida e’tirof etiladigan SamDU tarixida Vengriyada ilmiy ish yoqlagan ilk mutaxassis O,Umarovga professorlar Abduvohid Jumaboyev va Agnes Vibok ilmiy rahbarlik qildi.

Qayd etish joiz, QS reytingida Top-574 maqomiga ega, Vengriyada 2, Yevropada 22-o‘rinni egallagan Debretsen universiteti fizika, biologiya, astronomiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, tibbiyot sohalari uchun mutaxassis tayyorlashga ixtisoslashgan dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalardan biridir.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDU tadqiqotchisi Vengriyada dissertatsiya himoya qildi