Dunyoning eng nufuzli "Times Higher Education" reyting agentligining “"Impact Ranking – 2025” natijalariga ko‘ra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur reytingda dunyoning TOP-600 oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy oldi.

2024 yilda universitet ushbu reytingda ilk bor TOP-1000 universitetlar qatoriga kiritilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda reytingda dunyoning 130 mamlakatidan 2526 universitet ishtirok etgan.

Universitet ilmiy-pedagogik jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev yurtimizdagi eng qadimiy oliy ta’lim muassasasi jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Uchrashuvda universitet faoliyati, keyingi yillardagi yangilik va o‘zgarishlar haqida taqdimotlar qilindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar, xalqaro hamkorlik, kadrlar tayyorlashdagi yangicha yondashuvlar e’tirof etildi.  

Tadbirda Samarqand davlat universiteti, shuningdek, toza suv va sanitariya, quruqlikdagi ekotizimlarni asrash yo‘nalishlarida dunyoning TOP-100 universitetlari ro‘yxatiga ham kiritilgani ta’kidlandi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy ta’lim muassasalari qatorida