Zero, bu joy ulugʻlar makoni, buyuklar qadamjolaridir.

Tarixiy manbalarda “Baldayi mahfuza” nomi bilan mashhur boʻlgan Samarqandning taʼrifu tavsifini bitmoq va uni sevmoq uchun bir bor borib ziyorat qilish, Registon qarshisida oʻyga tolish, uning salobati, shukuhida hayratga tushish lozim boʻladi.

Zero, bu joy ulugʻlar makoni, buyuklar qadamjolaridir. Asrimizning birinchi oʻn yilligida azim Samarqandning 2750-yilligi nishonlangan edi. Bu sana ham Samarqandning teran tarixi oldida hali hech narsamasdir, ehtimol. Chunki yillar, arxeologik qazishmalar uning tomirlari yana bir necha ming yillar avval paydo boʻlganligidan dalolat beradi. Shahar boʻlgan ekan, u bilan shaharsozlik, davlatchilik anʼanalari ham paydo boʻlgan. Ularning mavjudligi esa bu yerda oʻziga xos taʼlim tizimi mavjudligini koʻrsatadi. Movarounnahr va Sharqda, balki, butun dunyoda tan olingan va sharaflangan ajdodlarimiz al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiylarni yetishtirgan taʼlim-tarbiya tizimi, xususan oʻtmishdagi oliy taʼlim muassasalari haqida ham chuqur mulohaza yuritish, mavjud manbalarning maʼlumotlari asosida ularni oʻrganish ham dolzarb vazifalardan biri boʻlib hisoblanadi.

«…ming yillar davomida mavjud boʻlgan jamiyat, qanday tarzda boʻlmasin, taʼlim-tarbiya tizimisiz boʻlmagan. Uning oʻziga xos xususiyatlari, muassasalari, taʼlim tarbiya dasturi (taʼlim bosqichlariga koʻra), oʻquv qoʻllanma va darsliklari, oʻqish jarayoni qonun qoidalari, oʻqituvchilar, mudarrislar va ular oldiga qoʻyiladigan talablar, oʻqitish uslubiyati, oʻquvchilarni imtihon qilish, oʻqituvchi, muddarislarning attestatsiyasi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish kabi qator masalalar boʻlgan.

Insoniyat oʻzini tanibdiki, u hayotni, tabiatni bilish yoshlarni hayotga oʻrgatish va tarbiyalash, maʼnaviyatini shakllantirish muammolariga duch kelib, bu muammolarni har bir davrda dunyoqarashi, hayotiy tajribalari va ijtimoiy ehtiyoj asosida hal qilishga uringan: turli xil yozuvlarni yaratgan, ularni oʻrgatuvchi (oʻqituvchi) va oʻrganuvchi (talaba)lari ham boʻlgan» (B.Valixoʻjayev). Mana shu mavzuda tadqiqot olib borgan Komilxon Kattayev tadqiqotlarida Samarqandda faoliyat koʻrsatgan 50 dan ziyod madrasalar haqida yetarlicha maʼlumot berib oʻtadi. Uning muqaddimasida taʼkidlanganidek, asosan, madrasalarning tarixi, ularning aniq joylashgan mavzelari, taʼlim tizimi va ish yuritish prinsiplari qadimiy qoʻlyozma kitoblar, vaqfnoma va vasiqa hujjatlari hamda zamonaviy yozishmalardan keng foydalangan holda fikrlar bildirilgan.

Olimlarning oliy taʼlim tizimi tarixi borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor. Chunki quyosh bosh koʻtaradigan sharqdagi oliy taʼlim muassasalari sharqdan nur olib taraqqiyotga koʻtarilgan gʻarbning oliy taʼlim muassasalaridan avval paydo boʻlganligi shak-shubhasiz. Akademik Boturxon Valixoʻjayev madrasai oliyani bitirganlarga dars oʻtish uchun ijozatnoma – diplom berilganligi, ana shunday “diplom”lardan biri Qozizoda Rumiy imzosi ostida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotganligi haqida maʼlumot bergan. Eng asosiysi, mazkur madrasai oliyani bitirganlik haqidagi hujjat – “diplom” faqat Movarounnahrdagina emas, balki, Xuroson va boshqa davlatlarda ham eʼtirof etilgan. Bu esa Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasining oʻz davridagi maqomi naqadar yuksak boʻlganligidan guvohlik beradi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli va eng qadimiy oʻquv yurtlaridan biri boʻlgan Samarqand davlat universiteti tarixi va bugungi faoliyatini, uning yurtimiz ilm-fani rivojida tutgan beqiyos ahamiyatini koʻrsatish, mazkur tarixiy haqiqatni keng yoritish orqali yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat-eʼtibor, ularning munosib davomchilari boʻlib yetishish ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan hisoblanadi.

SamDU rektori, professor R.I.Xolmurodovning “Samarqand davlat universiteti – Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasining vorisi” mavzusida qilgan suhbatlari ana shu vazifani amalga oshirishda tayanch rol oʻynaydi. Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining Samarqand davlat universitetining 600-yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorini nafaqat, Samarqand Davlat universiteti jamoasi, balki butun ilm ahli katta xursandchilik bilan qoʻllab-quvvatlaydi.

Bugungi islohotlar farzandlarimizni bebaho madaniy yodgorliklarimiz, madaniyatimiz va buyuk tariximizga faxru iftixor, kelajakka esa ishonch va kuchli eʼtiqod tuygʻulari bilan tarbiyalashimiz uchun zamin yaratmoqda. Mana shunday islohotlar natijasida men Samarqand davlat universiteti jamoasini, barcha ilm ahlini, xususan universitetda tahsil olgan barcha olimlarimiz va hamkasblarimizni 600-yillik yubiley munosabati bilan tabriklayman. Kelgusida universitet faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, buyuk olimlar yetishtirishda ustozlarga uzoq umr tilayman. Samarqand davlat universiteti kelgusida buyuk allomalarni oʻqitib, tarbiyalab yetishtirishlariga shubham yoʻq va bu yoʻlda ustozlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Shohida Shakirova,
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
bosh mutaxassisi,
Filologiya fanlari boʻyicha
falsafa doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDU 600 yoshda: oliy taʼlim tizimi tarixi va taraqqiyot
Жамият
14:49 / 13:07:2020