Sambochilarimiz harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Shu kunlarda Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk kunida O‘zbekiston sambo terma jamoasi a’zolari ikkita sovrinli o‘ringa ega chiqdi.
-64 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Sohibjon Nugmanov bronza, -98 kg. vaznda kurashgan Shohjahon Ahmadjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 18-avgustga qadar davom etadigan chempionatda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov boshchiligidagi 7 nafar sportchimiz Moskva musobaqalarida ishtirok etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA