Sambochi yoshlarimiz Moskvada shohsupaga ko‘tarildi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda murabbiylar Zafar Allaberganov hamda Ravshan To‘raqulov boshchiligida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Shiddatli kechgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

-53 kilogramm vazn toifasida Amirbek Rajabov shuningdek, -71 kilogramm og‘irlikda Islom Abduzokirov musobaqada finalga qadar yetib borib, kumush medalga egalik qildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA