Buxoroda sambo bo‘yicha o‘tgan O‘zbekiston chempionati mamlakatimizning turli hududlarida ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan 350 nafar yetakchi sportchilarni jamladi. Uch kun mobaynida kechgan shiddatli bellashuvlarda sportchilar sambo va jangovar sambo yo‘nalishidagi bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzodlarni saralashga qaratilgan bellashuvlarda ayollar, erkaklar hamda jangovar sambo yo‘nalishlarida 7 tadan vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Chempionat sarhisobiga ko‘ra, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyati jamoalari medallar jamg‘arishda umumjamoada yetakchilikka erishdi.

Musobaqalar doirasida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan terma jamoa murabbiylari, hududlarda mehnat qilayotgan mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, joriy yildagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, shu yilning aprel oyida Toshkentda o‘tadigan Osiyo-Okeaniya chempionatiga tayyorgarlik hamda oktyabr oyida faxriylar o‘rtasida bo‘ladigan jahon chempionatiga hozirlik masalalari ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo: O‘zbekiston chempionatida Samarqand, Buxoro, Jizzax jamoalari yetakchilikka erishdi