Bugun yurtimiz shahar va qishloqlarida xalqimiz uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilayotgan zamonaviy “ISUZU” avtobuslari va yuk mashinalari oʻzimizda – Samarqanddagi avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston – Yaponiya hamkorligi 

Bundan yigirma yil avval, 1999-yil mart oyida Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boshlangan edi. Dastlab zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2006-yilda “SamAvto” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu Corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik oʻrnatdi va zavodda ISUZU shassisi asosida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarish boshlandi.

Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida shahar ichida va shahardan tashqarida harakat qilishga moʻljallangan 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar tayyorlanmoqda. Hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan 2006-2007-yillarda korxonada 1,5 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib uning yillik quvvati 4,5 mingga yetdi.

Eng muhimi, oʻtgan davrda samarqandlik avtomobilsozlar oʻz milliy mahsuloti – LE60 past sathli shahar avtobusini yaratib, uni keng koʻlamda ishlab chiqarmoqda. Hozir ushbu turdagi zamonaviy avtobuslar poytaxtimiz va boshqa shaharlarda aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Gruziya va boshqa davlatlardan ham LE60 ga buyurtmalar koʻp.

– “Itochu Corporation” bilan savdo masalalarida hamkorlikni amalga oshirsak, ishlab chiqarish jarayonlari bevosita “ISUZU Motors” kompaniyasi bilan bogʻliq, – deydi Samarqand avtomobil zavodi bosh direktorining texnik masalalar boʻyicha oʻrinbosari Husen Qobilov. – Kompaniya tomonidan bizga 5 tonnadan 17 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega 16 xil shassi yetkazilmoqda. Shu asosda korxonada 40 turdan ortiq kuzovlar oʻrnatilgan kichik, oʻrta va ogʻir yuk koʻtarish mashinalari, turli maxsus transport vositalari va avtobuslar ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda korxona faoliyatini kengaytirish, mahsulotlar turini koʻpaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha qator loyihalar ustida ish olib boryapmiz.

Keyingi yillarda korxonada zamon talablariga mos boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda. Har bir modelni ishlab chiqarishda xalqaro va milliy standartlarga qatʼiy amal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ishchi-xodimlar uchun yurtimizda va Yaponiyada muntazam ravishda malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, korxonada foydalanilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalar muntazam yangilanib borilmoqda. Jumladan, kuzovlarni boʻyash sexi toʻliq zamon talablariga mos holda yangilandi. Ayni paytda yaponiyalik hamkorlarimiz bilan yangi sex, qoʻshimcha bino va boshqa zarur binolar qurish boʻyicha loyihalar ustida ish olib borayapmiz. Bu loyiha 2021-yilda yakunlanishi belgilangan. Bunga yaponiyalik hamkorlarimiz ham investitsiya kiritishi kutilmoqda. Ushbu loyiha amalga oshgach, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 10 mingtaga yetkaziladi.

Ming nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilayotgan Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yuk va maxsus transport vositalari bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Gruziya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Keyingi yillarda eksport geografiyasini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijasida yaqin kunlarda Ukraina va Yaqin Sharq mamlakatlariga “SamAvto” avtomobillarini yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.

Bozor talabiga qarab mahsulotlar turi, sifatini oshirib borayotgan Samarqand avtomobil zavodi tez orada yangi turdagi avtotransport vositasi taqdim etishni rejalashtirgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samavto” doimiy taraqqiyot yoʻlida