Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Adiz Boboyev Italiyaga safari davomida jahonning eng mashhur futbol jamoalaridan biri «Milan» klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Klub moliyaviy direktori Stefano Kochirio bilan uchrashuvda «Milan» hamda Samarqandning «Dinamo» jamoalari o‘rtasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqandda «Milan» futbol klubi akademiyasi dasturi bo‘yicha iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, «Milan Junior Camp»ni Samarqandda tashkil etish va shu orqali «Milan» klubi seleksionerlari nigohini mahalliy o‘yinchilarga qaratish taklifi berildi.

Shuningdek, muloqotda «Dinamo» murabbiylari va mutaxassislarni «Milan» klubiga amaliyot va tajriba orttirish uchun yuborish masalasi muhokama qilindi. Stefano Kochirio klubning UEFA Pro litsenziyasiga ega murabbiylari Samarqandga borib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi mumkinligini aytdi.

Uchrashuv yakunida Adiz Boboyevga “Milan”ning 1-raqamli klub libosi topshirildi.  

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandning “Dinamo”si “Milan” bilan hamkorlik qiladi