Bir yil avval “Samarqandim” jurnalining nishona soni bilan tanishgandim. O‘shanda jiddiy, salmoqli materiallar e’tiborimni o‘ziga tortgandi. Rosti, o‘sha payti mazkur nashrni varaqlayotib, biron-bir tadbirga bag‘ishlab faqat bir marta chop etiladigan jurnallar haqida o‘ylagandim, xayolimdan “Samarqandim” - ham shundaylar sirasidan emasmikin degan o‘y o‘tgandi.

O‘ylaganimdek bo‘lib chiqmadi. 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida “Samarqandim” - “My Samarkand” jurnalining ikkita soni bosmadan chiqib, keng jamoatchilik-ustoz jurnalistlar, siyosatchilar, ziyolilar-ijodkorlar qo‘liga yetib ham bordi. E’tiborli jihati, jurnal joriy yildan boshlab nafaqat o‘zbek, balki ingliz tilida ham nashr etilmoqda. Ingliz tili jahon tili ekani e’tiborga olinsa, “MY SAMARKAND”ni endi dunyo ahli o‘qiydi. 

Chet elliklar bilan ko‘p bor muloqotda bo‘lgan jurnalist sifatida bilamanki, xorijliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda, jumladan, Samarqandda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi ma’lumotlarni ishonchli manbalardan olishni istaydi. Endilikda ular bu jarayonda “MY SAMARKAND” dan ham foydalanadi, deb o‘ylayman.   

Texnika, internet jurnalistikasi rivojlangan, ijtimoiy tarmoqlar orqali hamma o‘z fikrini bemalol bildirayotgan, sun’iy aql imkoniyatlaridan foydalanish kengayib borayotgan davrda yashayapmiz. Ayni kunda telefondan, kompyuterdan, planshet yoki noutbuk kabi zamonaviy texnika vositlaridan bo‘shamayotgan aholi e’tiborini bosma ommaviy axborot vositalari – gazeta va jurnallarga qaratish oson ish emas. Ma’lumki, milliy media maydonimizda yuzaga kelgan kuchli raqobatga hamma gazeta va jurnallar ham dosh beraolmayapti. 

Milliy va dunyo media olamida ana shu kabi yangilanish va raqobat ta’siri hukm surayotgan bir paytda yangi gazeta va jurnallarning chop etila boshlagani, ular o‘z o‘quvchilarini topayotgani ko‘ngilni ravshanlashtiradi. Ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, tarixiy, ommabop “Samarqandim” - “My Samarkand” jurnali bunga bir misol.

Mazkur nashrga, jurnal tahrir hay’atiga Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodovning rahbarlik qilayotgani, jurnalistika sohasi nazariya va amaliyoti bo‘yicha katta tajribaga ega Farrux Hamroyevning “Samarqandim”ga bosh muharrirlik qilayotgani, jurnal tahrir hay’ati tarkibida mahalliy va xorijlik akademik va olimlar, siyosatchi va ekspertlarning borligi ham unda chop etiladigan materiallar saviyasi ne chog‘li ekanidan so‘zlaydi. 

“Samarqandim” - “My Samarkand”ning joriy yil 1 va 2 sonlaridan o‘rin olgan “Prezident Shavkat Mirziyoyevning ozod tafakkur g‘oyasi haqida o‘ylar”, “Vatan va vijdon”, “Samarqand qalbi...”, “Qalbimda abadiy iz qoldirdi...” sarlavhali  materillar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyid hamda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slova” gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmatning ijod namunalari bilim va ma’naviyatingizni boyitadi. 

Bir mulohaza. “Samarqandim” - “My Samarkand” SamDU muassisligida chop etilmoqda. Nazarimda “Samarqandim” ga kamida viloyat va shahar hokimligi darajasida e’tibor zarur deb hisoblayman. Chunki mamlakatimizda shu paytgacha biror bir tarixiy shahar nomida jurnal chop etilgani yo‘q. “Samarqandim” - “My Samarkand” bu borada birinchi. Aslida jahon tajribasida tarixiy shaharlar nomi bilan nashr etiladigan jurnallar bor. Bunga “Istanbul”, “Rim” kabi jurnallarni misol sifatida keltirish mumkin. 

Ma’lumki, 1913 yil 20 avgustda Samarqandda jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan birinchi o‘zbek tilidagi “Oyina” jurnaliga asos solingan edi. Oradan 111 yil yil o‘tib Samarqandda “Samarqandim” jurnaliga tamal toshi qo‘yilgani e’tiborga molik. 

Xolmurod SALIMOV, 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarqandim” jurnalini o‘qib...