Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi ramziy bayrog‘i topshirildi
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” mavzuidagi xalqaro forumda Samarqandga Islom madaniyati poytaxti maqomi berilgani haqidagi ramziy bayroq va statuyetka tantanali topshirildi.
Ushbu nishonlarni ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga taqdim etdi.



G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari