Bu haqda “Air Samarkand” aviakompaniyasi axborot xizmati ma’lum qildi. Unda yozilishicha, joriy yilning 4 may kuni kompaniya Samarqanddan Tel-Avivga birinchi xalqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni muvaffaqiyatli bajardi.

Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan har ikki shahar aeroportlarida bayramona tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh direktori Zafar Bo‘tayevning ta’kidlashicha, bu reys ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm, ziyorat va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi. 

Parvozlar “Airbus A330” va “Airbus A321” samolyotlarida haftasiga yakshanba kuni amalga oshiriladi; iyuldan boshlab payshanba kuni ham reys qo‘shiladi.

“Air Samarkand”ning Isroildagi hamkori – “Asia Travel Israel” turoperatori hisoblanadi. Reyslar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tel-Aviv sayyohlar va ziyoratchilar uchun ahamiyatli nuqta hisoblansa, Samarqand ham YUNESKO merosi sifatida Isroil fuqarolari uchun qiziqish uyg‘otmoqda.   

“Air Samarkand” xalqaro yo‘nalishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda va yaqin vaqtda aviakompaniya floti 10 ta samolyotgacha ko‘paytiriladi.  

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddan Tel-Avivga ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys amalga oshirildi