Vatanimiz tarixidagi 10 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1399 yil (bundan 626 yil oldin) – yakshanba kuni muqaddas ramazon oyining to‘rtinchisida Amir Temur Bibixonim Jome masjidiga poydevor qo‘ydi va qurilishning borishini shaxsan kuzatib turdi. Sohibqiron Hindistondagi yurish paytida: agar Samarqandga salomat qaytib borsam, bir Jome masjidi qurdiraman, deb niyat qilib qo‘ygan edi. Shuning uchun Samarqandga keliboq masjid qurishni buyurdi. 10 mayda masjid loyihasi chizib tayyorlandi hamda Fors, Ozarboyjon va Hindistondan keltirilgan ikki yuz toshtarosh usta ishni o‘sha kuniyoq boshlab yubordi.

Besh yuz kishi tosh kesish uchun toqqa yuborilgan edi. Tog‘dan tosh keltirish uchun Hindistondan olib kelingan to‘qson besh fildan foydalanildi. Mamlakatda ma’lum bo‘lgan barcha me’morlar va hunarmandlar ishga mashg‘ul edi. Har ishning boshiga bir shahzoda bilan bir bek muhassil qilib tayinlangan edi, aftidan, bu mansabdagi kishi shu ishni moddiy ta’minlovchi bo‘lgan.

1875 yil (bundan 150 yil oldin) – Toshkentda Rossiya Davlat bankining o‘lka bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi. Turkiston o‘lkasida Davlat bankining bo‘limini ochishga Rossiya imperatori Aleksandr II 1874 yil 23 dekabrda ruxsat bergan edi. U O‘zbekiston tarixidagi birinchi zamonaviy bank muassasasi hisoblanadi. 

1880 yil (bundan 145 yil oldin) – Xislat taxallusi bilan ijod qilgan shoir va tarjimon, o‘zbek mumtoz adabiyotining so‘nggi namoyondalaridan biri Haybatullaxo‘ja Orifxo‘ja o‘g‘li tavallud topdi (vafoti 1945 yil). U 1908–1909 yillarda Navoiy ijodini mutolaa qilib, “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarining soddalashtirilgan nasriy nusxalarini tayyorlagan va o‘z hisobidan nashr etgan.

1903 yil (bundan 122 yil oldin) – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘afur G‘ulom tavallud topdi (vafoti 1966 yil). Yurtimizda 2003 yilda shoir tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi. G‘afur G‘ulom, vafotidan so‘ng, 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – aktyor va kinorejissyor, O‘zbekiston xalq artisti Yo‘ldosh A’zamov tavallud topdi (vafoti 1985 yil). U rejissyor sifatida 1958 yilda “Maftuningman”, 1969 yilda “O‘tgan kunlar”, 1973 yilda “Mehrobdan chayon” (“Zulmatni tark etib…”) kabi filmlarni yaratdi.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sa’di Sirojiddinov tavallud topdi (vafoti 1988 yil). O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganishda, O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston uchun yuqori malakali matematik mutaxassislar tayyorlashda Sa’di Sirojiddinovning xizmatlari katta. U vafotidan so‘ng, 2002 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1928 yil (bundan 97 yil oldin) – tariximizda birinchi o‘zbek aktrisasi sifatida nom qoldirgan Tursunoy Saidazimova 17 yoshida Buxorodagi gastrol safari chog‘ida o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiyona o‘ldirildi. Taqdir taqozosi bilan uning hayoti fojiali yakun topdi.

Tursunoy 1911 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U o‘n to‘rt yoshida havaskorlar truppasiga qo‘shiladi. O‘sha vaqtda respublika hukumati o‘zbek teatrining keyingi taraqqiyotini o‘ylab aktyorlarni saboq olish maqsadida Moskvaga yuboradi. Shu tariqa u 1924–1927 yillarda Moskva o‘zbek drama studiyasida o‘qiydi. 1927 yildan O‘zbek drama truppasida aktrisalik faoliyatini boshlaydi. Uning bu faoliyati bor-yo‘g‘i bir yil davom etdi.

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – kinooperator, rejissyor Hotam Fayziyev dunyoga keldi. U “Sen yetim emassan”, “Toshkent non shahri”, “O‘tgan kunlar”, “Chimildiq” kabi filmlarga operatorlik qildi. U 1999 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1939 yil (bundan 86 yil oldin) – biotexnolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Asqar Xolmurodov tavallud topdi (vafoti 1997 yil). U “Kornik” deb ataladigan biologik preparatni kashf etgan.

1942 yil (bundan 83 yil oldin) – Toshkent shahridagi 115-maktab o‘quvchilari O‘zbekistonning barcha maktab o‘quvchilariga murojaat qilib, Leningrad va Leningrad viloyati bolalariga sovg‘alar va mablag‘lar to‘plash ishiga faol qo‘shilishga chaqirdilar. Maktab o‘quvchilari ikki kun ichida 7 ming so‘mlik oziq-ovqat, o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar to‘pladilar.

Toshkentlik maktab o‘quvchilarining vatanparvarlik tashabbusini respublikadagi barcha maktablarning o‘quvchilari qo‘llab-quvvatladilar. Respublika yoshlari Leningrad bolalariga hammasi bo‘lib 250 tonna oziq-ovqat mahsulotlari, 10 ming juftdan ortiq poyabzal va kiyim, 2 million so‘mdan ortiq pul to‘pladilar va topshirdilar.

1950 yil (bundan 75 yil oldin) – o‘zbek nasrining peshqadam vakillaridan bo‘lgan Said Ahmad “xalq dushmani, aksilsho‘roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi” deb ayblanib, Qozog‘istondagi Jezqazg‘an siyosiy mahbuslar lageriga hukm qilindi. Stalin vafotidan so‘ng oqlanib, 1955 yil mart oyida ozodlikka chiqdi. Shu tariqa o‘tgan asrning 50-yillarida ko‘plab ziyolilar singari Said Ahmad ham sobiq tuzum qatag‘oni azoblarini tortdi. 

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasini ochish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan may oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 йил (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi qaysi inshootni bunyod etishda Hindistondan olib kelingan to‘qson besh fildan foydalanilgan?