Samarqand azaldan aziz avliyolar, buyuk mutafakkirlar tug‘ilib o‘sgan, yashab ijod qilgan muborak zamin sifatida dunyoga dong taratgan. Uning har bir go‘shasida o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi aziz qadamjolar mavjud.

So‘lim tog‘lar bag‘rida joylashgan Urgut tumanida ham ana shunday ko‘plab muborak manzillar mavjud. Ular orasida G‘avsul A’zam ziyoratgohi alohida ajralib turadi. Hech shubhasiz, bu yerga keluvchilarning aksariyati ziyoratgohning kelib chiqishi bilan qiziqadi. Haqiqatda ham asli Eronning G‘ilon viloyatida tavallud topgan G‘avsuli A’zam Abu Muhammad Muyiddin Sayyid Abdulqodir G‘iloniyning Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘iga qanday bog‘liqligi bor. U 1079 yilda Eronda tug‘ilib, 1166 yilda Bog‘dodda vafot etgan bo‘lsa, Urgutda nima uchun ziyoratgoh paydo bo‘lgan, degan haqli savollar ko‘pchilikni qiziqtiradi, albatta.  

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Abdulqodir G‘iloniy valiylik martabasiga erishgan zot bo‘lib, o‘n avlod bilan Muhammad alayhissalomning qizlari Fotimai Zuhro va uning o‘g‘illari imom Hasan va imom Husanga borib taqaladi. Ota tarafidan imom Hasanga, onalari tarafidan imom Husanga tutashadi. Sayyid Abdulqodir G‘iloniy Bag‘dodga borib ta’lim-tarbiya olib Qutbi A’zam, Shayxi Mashriq oliy darajali sharafga ega bo‘ladi. O‘zining yuksak aql-zakovati, ilmi bilan avliyolik darajasiga yetgan Sayyid Abdulqodir G‘iloniy o‘z davrida G‘avsul A’zam, ya’ni Ulug‘ madadkor nomi bilan mashhur bo‘ladi. Uning ziyoratiga, undan ilm o‘rganishga butun dunyodan keluvchilar juda ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday ahli ilm orasida Urgutning bugungi G‘o‘s qishlog‘idan ham bir qiz bo‘lgan ekan. Ma’lum muddat Bag‘dodda G‘avsul A’zamdan qodiriya tariqati, so‘fizim ta’limotidan saboq olgan qizga uyiga qaytish buyuriladi va o‘rganganlarini o‘zi yashab turgan manzildagilarga o‘rgatish vazifasi topshiriladi. Qiz yashash joyiga kelib olgan saboqlarini yon-atrofdagilarga o‘rgata boshlaydi. Shunday kunlarning birida toqqa o‘tin tergani chiqqan qizga shu yerdagi cho‘pon yigitning nigohi tushadiyu, niyati buzilib, qizga tajovuz qiladi.  

[gallery-13604]

Cho‘ponning iskanjasidan qochishga uringan qiz dod solib, piri G‘avsuli A’zam Abu Muhammad Muyiddin Sayyid Abdulqodir G‘iloniydan madad so‘raydi. Bu vaqtda Bag‘ododda bo‘lgan Sayyid Abdulqodir G‘iloniy qizning dod-faryodini eshitadi va o‘z kovushini osmonga otadi. Pirning kovushi shu zahoti cho‘ponning yuziga kelib tushadi va qiz tajovuzdan qutilib qoladi. Qiz pirining kovushini olib uyiga qaytadi va shu kecha ustozini tushida ko‘radi. Tushida Sayyid Abdulqodir G‘iloniy bo‘lgan ishlardan xabari borligini, endi kovush kelib tushgan joy ul zotning qadami yetgan joy hisoblanilishi ma’lum qilib, kovushini shu manzilga ko‘mib ziyoratgoh qilishni buyuradi va to qiyomat kunigacha bu manzilda qilingan ziyoratlarni qabul qilishini ta’kidlaydi.  

Qiz tushida buyurilgan ishlarni amalga oshirib, aytilgan manzilga kovushni ko‘mib ziyoratgoh qiladi. Va shu paytdan bu manzilda chashma paydo bo‘ladi va bugungi kungacha ushbu chashma bir xilda oqib turadi. Uni xalq “Rahmat chashmasi” deb ataydi. Shu bois, xalq bu aziz maskanni e’tiqod bilan e’zozlaydi. Ruhiy poklik, ro‘shnolik, ijobat, umid va madad ramzi deb biladi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 32 joyida Sayyid Abdulqodir G‘iloniyning mana shunday ziyoratgohlari mavjud ekan. G‘avsuli A’zamning buyuk fazilat va karomatlari haqida “Baxjat ul-asror”, “Manakibi Qodiriya”, “Tuhfatul Qodiriya”, “Risolai Qodiriya”, Abdurahmon Mustafariyning “Haloyil un-nubuvva” shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” kabi asarlarida ham keng ma’lumot beriladi. Bugungi kunda ko‘plab tarixiy ma’lumotlarga asos bo‘lib kelayotgan Abu Tohirxojaning “Samariya” kitobida ham G‘avsul A’zam ziyoratgohi haqida shunday bitiklar mavjud: “Hazrat G‘avsning fayz osor mazori ham Urgutning bir mahallasidadir. Qayerlarkim, u kishida g‘avslik martabasi paydo bo‘lgan ekan. Mazori porloq nurlidir. Ba’zilar bu yer G‘avsning qadamjoyi deydilar”.  

Barcha aziz qadamjolar singari bu ziyoratgoh istiqloldan so‘ng o‘zining asl mazmun-mohiyatiga ega bo‘lgan. Keyingi yillarda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, o‘ziga xos maqbara, masjid barpo etilgan. Eng muhimi, hudud ziyolilari tomonidan bu yerda qishloq tarixiga oid mo‘’jaz muzey tashkil qilingan. Unda qishloqda yashab o‘tgan ziyolilar, aholining turmush-tarzi, hayotiga oid eksponatlar joy olgan. Bugungi kun yoshlari bu yerda o‘tmishda ota-bobolari qanday sharoitlarda yashaganligi, qilgan ezgu ishlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.  

G‘. Hasanov,  

A. Isroilov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi G‘avsul A’zam ziyoratgohi qanday paydo bo‘lgan?