Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Samarqandda Zarnews.uz ni oʻqishadi

Samarqand viloyatidagi ommaviy axborot vositalari, internet saytlar va blogerlar haqidagi gap ketganda, albatta, Zarnews.uz sayti va telegram kanali tilga olinadi.
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Samarqand viloyatidagi ommaviy axborot vositalari, internet saytlar va blogerlar haqidagi gap ketganda, albatta, Zarnews.uz sayti va telegram kanali tilga olinadi.
– Zarnews.uz dastlab gazetalarimiz sayti sifatida unda nashrlarimizda chop etilgan xabar va maqolalarni eʼlon qilardik, – deydi “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshev. – Lekin bu hozirga shiddatkor zamon talabiga javob bermas ekan, yaʼni sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni doimiy yangilab, yangiliklar, tahliliy chiqishlar bilan toʻldirib borish zarurati tugʻildi. Shu sababli 2018-yilda Zarnews.uz saytini mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdik va ayni paytda kuniga 40-60 tagacha material joylashtiryapmiz. Muassis oʻzimiz, ammo sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan xabar va yangiliklar, maqolalarni alohida ijodiy guruh tayyorlaydi. Tahririyat xodimlari ham sayt ishiga yordam beradi va buning uchun ular ragʻbatlantirib boriladi. Hozir viloyat hayoti bilan bogʻliq axborotlarni asosan, sayt va telegram kanalimiz orqali aholiga yetkazyapmiz. Gazetalarimizda koʻproq katta maqolalar, tanqidiy-tahliliy chiqishlarga keng oʻrin beryapmiz. Oʻz navbatida ushbu materiallarni saytga audio va videovariant tarzida tayyorlab joylashtirilmoqda. Bu turli toifadagi oʻquvchilarimiz uchun ancha qulay ekan – birov maqolani tinglaydi, boshqasi videolavha tarzida tomosha qiladi.
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi uyda qolib, asosan internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar va yangiliklardan tezkor xabardor boʻldi. Bu davrda Zarnews.uz muxlislari ham ancha koʻpaydi.
– Karantin eʼlon qilinmasdan avval, mart oyi boshida saytimiz oʻquvchilari va telegram kanalimiz aʼzolari 10 ming nafardan koʻproqni tashkil etgan boʻlsa, hozir 15 mingga yaqinlashib qoldi, – deydi sayt muharriri A.Sherxolov. – Bu Respublikamizdagi boshqa sayt va kanallar aʼzolari oldida kichik raqamlardir, ammo bugun Samarqanddagi eng ommaviy internet nashrga aylanyapmiz. Eʼlon qilinayotgan materiallarning 75-80 foizi oʻquvchilar tomonidan oʻqilmoqda. Respublika va xalqaro maydondagi voqea-hodisalar bilan birga koʻproq mahalliy xabarlarga eʼtibor qaratamiz. Bundan tashqari, qiziqarli fakt va raqamlar, tarixiy maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi. Eʼtiborli jihati, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va kanallarimizda aholining murojaatlari asosida ham tanqidiy-tahliliy maqolalar tayyorlayapmiz. Bu chiqishlar bejiz ketayotgan emas. Har bir tanqidiy materialga mutasaddilarning javobi, munosabati berilmoqda. Koʻtargan muammolarimiz ijobiy hal etilmoqda. Aslida, bizning maqsadimiz shu – oʻquvchilarimizga yangiliklarni tezkor va aniq yetkazish, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarga mutasaddilar eʼtiborini qaratgan holda ularning hal etilishiga hissa qoʻshish.
https://uza.uz/posts/28683
Ulaşiş




