Payariq tumani hokimi karantinga olingan edi...
Biz D.Musinov bilan bogʻlanganimizda belgilangan karantin qoidalariga har bir fuqaro, jumladan hokimlar ham rioya qilishi shartligini taʼkidladi
Avval xabar berganimizdek, Payariq tumani hokimi D.Musinov joriy yilning mart oyida Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan paytda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin eʼlon qilingan va hokim ham yurtimizga kelganidan soʻng karantinga olingan edi.
Karantin muddati yakunlanib, tibbiyot xodimlarining tegishli xulosasini olgan D.Musinov bugun ish faoliyatini boshlagani haqida tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Biz D.Musinov bilan bogʻlanganimizda belgilangan karantin qoidalariga har bir fuqaro, jumladan hokimlar ham rioya qilishi shartligini taʼkidladi.