Samarqandda tez tibbiy yordam sifati oshmoqda
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand filialiga 15 ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinasi topshirildi.
Prezidentimizning 2022 yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillishtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida tez tibbiy yordam sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, markaz avtoparklari zamonaviy va har tomonlama qulay transport vositalari bilan ta’minlanmoqda.
- Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash vaziriligining sa’y-harakati bilan filialimizga yana 15 ta zamonaviy tez tibbiy xizmat avtomashinasi berildi, - deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Elchiyev. – Shu kungcha qaror asosida filialimizga 52 ta yangi avtomashina topshirilgandi. Bugungi kunda avtoparkimiz 440 dan ortiq avtomashinaga xizmat ko‘rsatib kelyapti. Bu transport vositalarining 70 foizini yangi avtomashinalar tashkil qiladi. Belgilangan chora-tadbirlarga asosan 2025 yilda yana 50 ta zamonaviy avtomashina olib kelinadi va 2026 yilga borib barcha tez tibbiy avtomashinalarimiz to‘liq zamonaviylariga almashtirib bo‘linadi.
[gallery-15263]
Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan filialda ham Toshkent shahri misolida markazlashgan Call markazi tashkil qilinib, tez tibbiy yordam to‘liq markazlashgan holda amalga oshirib kelinmoqda. Tibbiy uskuna va texnikalar ham zamon talablariga mos holatga keltirilib, xizmat sifati oshib bormoqda.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA muxbirlari