Ammo bunga “Samarqand suv ta’minoti” MCHJning aloqasi yo‘qligi mazkur jamiyat rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab Samarqand viloyatida aholi uchun belgilangan ta’riflar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda 1 metr kub ichimlik suvi uchun 2800 so‘m, 1 metr kub oqova suv uchun 1792 so‘mni tashkil qiladi.

"Samarqand suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyati  direktori Komil Yusupovning qayd etishicha, bu tizimni modernizatsiyalash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi inshootlar qurish, suv va oqova tarmoqlarini yangilash bilan bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda viloyat aholisining 3,1 million nafari yoki 75,4 foizi markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlangan. Qolgan 24,6 foiz aholi buloq suvi, quduqlar hamda tashish orqali yetkazilayotgan suvdan foydalanadi.

Bugungi kunda tashkilot hisobida 2223 ta quduq mavjud bo‘lib, shundan 692tasi ta’mirtalab holatda. Suv inshootlari esa  1 970 tasi bo‘lib, ularning ham 623 tasi ta’mirtalab. Mavjud ichimlik suvi tarmoqlari 7375,1  kilometrni tashkil qilsa, shundan 813,6 kilometr qismi ta’mirtalab holatda.

[gallery-16398]

Viloyatda oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi  20,6 foizni tashkil qiladi. Ayni paytda viloyatning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Bulung‘ur, Narpay, Paxtachi, Payariq, Tayloq va Urgut tumanlarida 31 ta oqova suv inshooti mavjud. Ularningi umumiy quvvati sutkasiga 173,3 ming metr kubni tashkil qiladi.

Anjumanda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida tizimda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda investitsiya dasturi doirasida yildan yilga o‘tuvchi 6 obyekt uchun 63,95 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ hisobidan 118 kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoq, 4 ta ichimlik suvi va 2 ta oqova inshooti qurish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Ab-u Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida  

2020-2025-yillarda “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida “Samarqand shahrini ichimlik suv tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 53,1 mln. AQSH dollari hisobidan 2 ta LOTlarda  6 ta nasos stansiyasi, 2 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish hamda 11,2 km ichimlik suv tarmog‘ini qurish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunda Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasida D-500 bo‘lgan 2255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlangan. Gagarin ko‘chasida jami 1860 metr, shundan diametri D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq hamda D-1000 lik 1290 metr tarmoq montaj qilindi.

Shuningdek, Jahon banki ishtirokida “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri ichimlik suvi va oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bunda 2023-2026-yillar davomida qiymati 66,0 million AQSH dollari ega loyiha belgilangan.

"Samarqand suv ta’minoti" aksiyadorlik jamiyati  tomonidan xalqaro moliya institutlari ishtirokida viloyatning 6 ta tuman markazlari va shahar tipidagi aholi punktlarining oqova tizimlarini yaxshilash bo‘yicha 101,5 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida quvvati sutkasiga 30 ming metr kub bo‘lgan 8 ta oqova tozalash inshooti hamda jami 185,5  kilometr oqova tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan. Bu loyiha bo‘yicha ayni paytda oqova tozalash inshootlari bo‘lmagan Oqdaryo, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘om tumanlarida 1 tadan, Ishtixon va Payariq tumanlarida 2 tadan oqova tozalash inshootlari qurilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha amalga oshishi natijasida tumanlar markazlarida oqova tizimi bilan ta’minlanish darajasi 0 foizdan 62 foizga oshadi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tizimdagi muammoli, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlar bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.

G‘. Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda suv narxi ko‘tarildi