Samarqandda siam egizagi tugʻildi
Bu kasallik dunyoda juda kam yaʼni 200-220 ming holatda bir marta kuzatiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpchilikning eʼtiborida boʻlgan mavzu Samarqandda tugʻilgan siam egizaklari haqida keng tarqalgan maʼlumot boʻldi. 29-iyun kuni dunyoga kelgan chaqaloqning tana aʼzosi bitta, boshi esa ikkita boʻlgan.
Mutaxassislarning bergan maʼlumotiga koʻra, bola dunyoga kelishidan avval 16 va 21 haftalik davrida skrining tekshiruvi oʻtkazilgan. Shifokorlarning ogohlantirilishiga qaramay, ota-ona farzandini oʻz holatida dunyoga keltirishni istagan.
Facebook ijtimoiy tarmogʻining “Xalq bilan muloqot” guruhi foydalanuvchisi Oxunjon Uzikov tomonidan “Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi” sarlavhasi ostida qoldirilgan postiga koʻplab yurtdoshlarimiz oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bildirishgan.
Facebook ijtimoiy tarmogʻining “Xalq bilan muloqot” guruhi foydalanuvchisi Oxunjon Uzikov tomonidan “Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi” sarlavhasi ostida qoldirilgan postiga koʻplab yurtdoshlarimiz oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bildirishgan.
Zaynab Matkarimova:
– Genetik xato.
Maftuna Rashidova:
-Oʻzbekistonda nogiron tugʻilgan chaqaloqlarning 90 foizdan ortigʻi qarindosh-urugʻ nikohi hosili. Bu statistika. Qachonki shu bemaʼnigarchilikni (Qurʼoni Karimda xam taʼqiqlangan) bas qilsak, bolalarimizning sogʻlom tugʻilishlariga ham yordam beramiz!
Manzura Alimardanova:
– Mayli, bu ollohni irodasi. Angliyadami shunaqa egizak qizlar bor institutda dars beradi judayam faol, aqilli qizlar. Bularni ham umri uzoq boʻlsin. Oyogi yoʻq qoʻli yoʻklar ham yashayaptiku, nima qilibdi ikkita boshi boʻlsa koʻzlari ochikdir, koʻzi koʻrlar ham yashayaptiku, umrini bersin.
Xalilullox Majidov:
– Bu holat qarindoshlar turmush qurishidan kelib chiqadi. Men hayvonlarni urchitish mutaxassisiman. Hammalaringga tegishli boʻlsin qarindoshlar bir biriga qiz berib shunday achinarlik holatga tushushi juda oson. Garmon yetishmaslik sababli hayvonlar ham shunday koʻp tugʻiladi.
Diloram Umarov:
– Siam egizaklari. Tabiatda koʻp uchraydi. Bu ogʻir turi. Ajratishning imkoniyati yoʻq.
Maʼmura Zohid qizi:
– Bandaning qanday yaralishi, qancha yashashi Oʻziga ayon. Shunday tugʻildimi, demak, shunday boʻlishi taqdirda boʻlgan.
Gulrux Batirova:
– Genetika yashab ketishi qiyin, chunki boshdan boʻlak boshqa aʼzolar bittadan. Yurak jigar oʻpka yetishmovchiligi...
Shuxrat Kadыrov:
– Bu fotoshop... smartfonlarda fotoredaktor bor. Internetda "layk" yigʻish uchun qilingan.
Nigina Tashmatova:
– Shunga aytishadi 3 oylik boʻlganda skrining qilinglar, shunaqa holatlar boʻlmasligi uchun deb. Oʻzini ham bolani ham qiynab...
Gulchehra Mirzayevna:
– Bir miyaga xizmat qiluvchi oʻpka bu bolakayda ikkita miyaga kislorod yetkazib berishga xizmat qilishiga toʻgʻri keladi. Juda nafas olishga qiynalyapti. Olloh qudrating oldida ojizmiz.
Gulchexra Menglibayeva:
– Vrach nazoratida boʻlmaganmi onasi, doktorlarni aytganini qilishmaydi. Skriningga bormaganmi, kichkinaligidan koʻrinadiku hammasi, onaning xam shoʻri, bechora goʻdaklarning ham, 2 ta yurakcha uryapti, qoʻl oyoq bittadan, astagʻfirulloh...
Dilbar Nasriddinova:
– Assalomu alaykum avvalo ota-onasiga farzand neʼmati muborak boʻlsin. Umri va rizqlari bilan bergan boʻlsin. Allohni buyurgani va bergan sinoati oʻzi qoʻllasin bardam boʻlib eson omon katta ilinglar.
* * *
Shu oʻrinda siam egizaklari haqida qisqacha maʼlumot bersak:
Ciam egizaklari bir qator omillar, masalan, qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikoh, onalarning yoshi oʻtgandan keyingi tugʻruq holatlarida, turli radiatsiya nurlari va ekologiya buzilishida ham siam egizaklari dunyoga keladi. Bu kasallik dunyoda juda kam yaʼni 200-220 ming holatda bir marta kuzatiladi. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida tugʻilgan siam egizaklarining koʻpi 30-50 yoshgacha umr koʻrib, hatto ish faoliyati bilan ham shugʻullanib kelishmoqda. Ularning ayrimlaridan foto surʼatlarini eʼtiboringizga havola etamiz.


Manija BAHRIYEVA,
jurnalist