Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgarmoqda. Ushbu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Samarqand shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni ta’minlash hamda servis xizmatlar turlari va sifatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan hududda 2023-2030 yillarda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar-joylar kompleksini barpo etish direksiyasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining taklifiga asosan Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda. 

Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullangani qayd etildi. 

Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 89 ta ko‘ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi. 

Bundan tashqari, hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etiladi 