Samarqandda “razborka” ga yig‘ilganlar ushlandi
Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida Samarqand shahri va Pastarg‘om tumanlarida oradagi kelishmovchiliklarni “razborka” orqali hal qilmoqchi bo‘lgan guruhlar qo‘lga olindi.
Tezkor xodimlar tomonidan 2022 yil 4 mart kuni soat taxminan 20:30 larda Samarqand shahar Ogahiy ko‘chasida, bir guruh shaxslar o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilikni janjal orqali hal qilmoqchiligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan va ushbu guruhlarning ommaviy janjal qilishining oldi olingan.
Shuningdek, Pastdarg‘om tumanidagi Juma shahri hamda Arabxona mahallalarida yashovchi 15 nafar sportchilar tomonidan “Samarqand – Juma” yo‘nalishdagi avtoshohbekatni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallash uchun “razborka” ga yig‘ilgan vaqtda qo‘lga olinib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.
Holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
O‘zA