Soʻnggi yillarda mamlakatimiz temiryoʻl hamda avtomobil transporti infrastrukturasini yana-da rivojlantirish maqsadida zamonaviy koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar bunyod etilmoqda.

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz temiryoʻl hamda avtomobil transporti infrastrukturasini yana-da rivojlantirish maqsadida zamonaviy koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar bunyod etilmoqda. Bunday mashaqqatli ishlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Koʻprikqurilish” tresti unitar korxonasining tajribali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahrida soʻnggi 3 yil davomida qurib foydalanishgan topshirilgan yer osti va yer usti metrolari hamda bugungi kunda qurilishi nihoyasiga yetkazilayotgan Sergeli yer usti metrosi, shuningdek, 5 ta bosqichda amalga oshirilayotgan, uzunligi 54 km.ni tashkil etuvchi Toshkent yer usti halqa metrosi qurilishlari ham aynan ushbu korxona ishchi xodimlari tomonidan bunyod qilinmoqda.

Koʻprik qurilish sohasida toʻplangan tajriba hamda tizimga zamonaviy texnika texnologiyalarni jalb qilib, xorijlik hamkorlar bilan samarali ish yuritish natijasida soʻngi paytlarda yurtimizda monolit usulda koʻprik qurish yoʻlga qoʻyildi. Bunga misol qilib 2018-yilda poytaxtimizdagi Anhor kanali ustida qurib foydalanishga topshirilgan piyodalarga moʻljallangan osma koʻprikni aytishimiz mumkin. Ayni kunda ushbu inshoot shahrimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan bir qatorda, Navroʻz bogʻiga tashrif buyurayotgan har bir yurtdoshimizning kayfiyatini koʻtarib, tabiat goʻzalligidan bahramand boʻlib qaytishda juda katta zamin yaratmoqda.

Bu saʼyi harakatlar tufayli koʻpriksozlarimizning malakasi yana-da ortdi. Ayni kunda ular birinchi bor Samarqandda monolit usulda avtomobil yoʻl oʻtkazgichini bunyod qilishmoqda.

Samarqand shahridan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1083 km.da barpo qilinayotgan yangi yoʻl oʻtkazgich “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Koʻprikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan bunyod qilinmoqda. Ushbu avtombil yoʻl oʻtkazgichi “Koʻprikqurilishloyiha” UK hamda Rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlangan loyiha asosida barpo etilyapti.

Mazkur yangi inshoot Samarqand shahrida transport infrastrukturasini yaxshilash hamda yangi qurilayotgan Samarqand Siti hududiga keladigan sayyohlar hamda yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida bunyod qilinmoqda.

– Yoʻl oʻtkazgichning umumiy uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metr boʻlib, ikki yoʻnalish boʻylab har birining eni 3,5 metr boʻlgan 6 ta qatorga ajratilgan deydi, - “Koʻprikqurilish” tresti unitar korxonasi mutaxassisi Iskandar Zayniddinov. – Bundan tashqari har birining eni 0.75 metr boʻlgan 2 ta xizmat yoʻlagi qurilishi ham koʻzda tutilgan. Koʻprik ostining balandligi 5,5 metr boʻladi.

photo_2020-10-26_10-56-17.jpg

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻl oʻtkazgich qurib foydalanishga topshirilgach bir soatda qariyib 600 taga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oraliq qurilmasi-kesimsiz uch oraliqli balka boʻlib, qurilish balandligi boʻyicha oʻzgaruvchan boʻladi. Ikki chetidagi oraliq qurilmaning uzunligi 33 metrdan va oʻrtadagi oraliq qurilmaning uzunligi 42 metr etib belgilangan. Mazkur yoʻl oʻtkazgichga jami 6000 metr kub beton yotqizish ishlari moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunga qadar 3000 metr kub beton yotqizish ishlari bajarildi.

Deformatsion choklar rezina-metalli qoplama turida boʻlib, oʻtkazgichning eni va uzunasi boʻylab harakatlanishiga imkoniyat beradi va avtomobillarning tekis va ravon harakatlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra bunday deformatsion choklar birinchi marotaba ishlatilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, bugungi kunga qadar mamlakatimizda yoʻl oʻtkazgichlar, koʻpriklar, korxonalarimizda tayyorlangan yigʻma temir beton balkalari bilan bunyod qilinib kelinayotgan edi. Endilikda xorijiy mamlakatlarda keng qoʻllanib kelinayotgan monolit usulda qurilayotgan bunday ishootlarni ham bemalol oʻzimizning mutaxassislarimiz tomonidan sifatli qilib amalga oshira oladi. Bunga tajriba ham, salohiyat ham, qolaversa imkoniyat ham yetarli.

photo_2020-10-26_10-56-18.jpg

Mirzo MUROTOV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda monolit usulda ilk avtomobil yoʻl oʻtkazgichi qurilmoqda
Жамият
10:35 / 26:10:2020