Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida bu haqda qaror qabul qilindi.

– Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan amaldagi qonunlarimizga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi vakolati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yo‘ldoshev. – Bo‘shab qolgan o‘rinlarga ham fuqarolar yig‘inlari raislari 5 yil muddatga saylanadi. Ilgari fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan respublika komissiya tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda bu vakolat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni, fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadi. 

Yangi tartibdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 10-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari viloyat Kengashi Samarqand viloyatidagi fuqarolar yig‘inlari raislarining navbatdagi saylovini 2025 yilning may-iyul oylarida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qaror bilan fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi boshchiligidagi 25 kishidan iborat fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Samarqand viloyati komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlariga joriy yil 27 fevraliga qadar fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi shahar va tumanlar komissiyalarini shakllantirish vazifasi topshirildi.

G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda mahalla raislarining saylovi may-iyul oylarida o‘tkaziladi