Samarqandda kuchaytirilgan reydlar oʻtkazilmoqda
Jumladan, Samarqand viloyati “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmasligi maʼlum qilingandi.
Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yigʻilishida hududlar koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi hamda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga boʻlindi va shu asosida karantin cheklovlarini yumshatish tartiblari belgilandi.
Jumladan, Samarqand viloyati “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmasligi maʼlum qilingandi.
Fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishini nazorat qilish maqsadida bugun viloyatda ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Samarqand viloyati IIB fuqarolardan zaruratsiz uydan chiqmaslikni, kerakli mahsulotlarni xarid qilish uchun faqat bir kishi oʻzining yashash hududidagi savdo nuqtasiga borib-kelishini, savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlashni va boshqa karantin qoidalariga rioya etishni soʻradi hamda ushbu talablarni buzgan shaxslar javobgarlikka tortilishi boʻyicha ogohlantirdi.