Samarqand shahridagi “Forumlar majmuasi”da 2-oktabr kuni BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi ochildi.

Ushbu xalqaro anjumanda BMT Jahon sayyohlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillari, AQSh, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Turkiya, Indoneziya kabi turizm rivojlangan o‘nlab mamlakatlar mutaxassislari, xalqaro sayyohlik tashkilotlari rahbarlari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sessiyaning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Taleb Rifai YuNVTO Ijroiya kengashining 99-sessiyasini Samarqandda o‘tkazishga qaratgan alohida e’tibori uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Turizm – iqtisodiyotning yuqori daromad keltiradigan va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri. Mazkur soha dunyo mamlakatlari va xalqlarining madaniyat borasidagi amaliy muloqotida o‘ziga xos robita vazifasini o‘tamoqda. Ayni paytda dunyoda 235 milliondan ortiq kishi ushbu sohada mehnat qilayotir. BMT Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda sayyohlar oqimi har yili 4-5 foizga ko‘paymoqda.

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi rivojlangan davlatlar qatorida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Mamlakatimizga keluvchi sayyohlar oqimi muntazam oshib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimiz oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro konferensiyalar, nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilayotir.

sesiya.jpg

Mamlakatimizdagi mustahkam tinchlik va barqarorlik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti, dunyoga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stlik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuksak sifatli xizmat sayyohlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

O‘zbekiston sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. Vatanimiz tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakat qatorida turadi. Mamlakatimizda yetti mingdan ziyod tarixiy va madaniy yodgorlik bor. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Yurtimizda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, ekstremal, tibbiy va madaniy yo‘nalishlari, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi ko‘plab turlari rivojlanmoqda.

Yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqilayotgani, xalqaro va mahalliy aeroportlar, transport kommunikatsiyalari barpo etilayotgani samarasida yurtimizga kelayotgan sayyohlar safi yildan-yilga kengayib borayotir. 2011-2013-yillarda mamlakatimizga kelgan xorijlik turistlar soni 129,5 foizga oshdi. Sayyohlik xizmatlari hajmi 175,8 foiz, shunday xizmatlar eksporti 180,2 foiz o‘sdi. Mingdan ortiq sayyohlik tashkiloti, jumladan, 550 turoperator va agentlik, 500 dan ziyod mehmonxona ularga jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarni qabul qilish hamda ularga zamonaviy talablar asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega o‘nlab mehmonxonalar qad rostladi. Dunyo miqyosida tan olingan “Radisson”, “Lotte”, “Dedeman”, “Grand Plaza” kabi brendlar ostida xizmat ko‘rsatuvchi otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun xususiy mehmonxonalar tarmog‘i barpo etildi.

Izchil rivojlanayotgan havo va temir yo‘l transporti sayohatlarni tez, qulay va xavfsiz tashkil etish imkonini bermoqda. 2011-yildan qatnovi yo‘lga qo‘yilgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi poytaxtimizdan Samarqandga borib-keluvchilar uchun juda ma’qul bo‘lmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xalqaro aviatashuvlar bozorida munosib o‘rin egalladi. Bugun O‘zbekistonda o‘n bitta xalqaro aeroport faoliyat ko‘rsatmoqda. Havo kemalari parki va aeroportlar modernizatsiya qilingani, parvozlar geografiyasi kengaygani turizm sohasini yanada rivojlantirish, sayyohlarni yurtimizga jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori turizm va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga faol taklif etishda muhim dasturulamal bo‘lmoqda.

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa tashkilotlar “O‘zbekiston” milliy stendi doirasida dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelayotir. Bu mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlariga xorijiy hamkorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatish, o‘zaro manfaatli hamkorlik olib borish imkonini berayotir.

Sayyohlikni rivojlantirish ushbu sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turizm kollejlarida sayyohlik marketingi va menejmenti, xizmat ko‘rsatish, xalqaro turizm, mehmonxona boshqaruvi va restoran ishi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Yurtimizning har bir go‘shasi o‘ziga xos an’analari, tarixiy obidalari, tabiiy iqlim sharoiti bilan ajralib turadi. Aholi daromadlari oshib borayotgani va sayyohlik infratuzilmasi takomillashayotgani samarasida mamlakatimizda ichki turizm ham tobora rivojlanmoqda. Har bir hududning o‘ziga xos jihatlari, ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, tarixiy obidalar kamroq bo‘lgan joylarda ekoturizm, geoturizm, off-road sayohatlari, tog‘li zonalarda ekstremal turistik xizmatlar tashkil etilmoqda. Sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarga muvofiq madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, turistik obyektlarni qurish va ta’mirlash, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sayyohlik tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz BMT Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. Samarqandda mazkur tashkilotning Buyuk ipak yo‘lida sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markazi faoliyat yuritmoqda. YuNVTOning 2011-yil oktabr oyida Janubiy Koreyada o‘tgan Bosh assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi marta ushbu tashkilot Ijroiya kengashi a’zosi etib saylandi. Bu maqomga dunyoning juda kam davlatlari sazovor bo‘lgan.

2014-yilning iyun oyida Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 98-sessiyasida Ijroiya kengashning navbatdagi 99-sessiyasini Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

“Er yuzining sayqali” va “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron Samarqand azaldan o‘z ko‘rku salobati bilan barchani maftun etib keladi. Shaharning qadimiy va zamonaviy inshootlari, go‘zal va so‘lim tabiati sayyohlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Samarqand tuprog‘ining har bir zarrasida ulug‘ bir hikmat bor, har bir ko‘chasi, maydon va xiyobonida salobat, fayzu tarovat bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir g‘ishtida bunyodkor xalqimizning buyuk iste’dodi va mahorati, boqiy qadriyatlari mujassam.

Istiqlol yillarida Samarqand o‘zgacha tarovat va mahobat kasb etdi. Amir Temur tavalludining 660-yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qayta ta’mirlandi. Prezidentimiz farmoniga muvofiq 1996-yil 18-oktabr kuni Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. Shundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand shahri kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. 2007-yilda Samarqand shahrining 2750-yilligi keng nishonlandi. Ushbu qutlug‘ to‘y arafasida boqiy shahar yanada go‘zallashdi. Barpo etilgan o‘nlab ijtimoiy-maishiy inshootlar – ta’lim muassasalari va sport maydonchalari, tibbiyot maskanlari va mehmonxonalar, magistral yo‘llar, ko‘rkam bog‘u xiyobonlar Samarqand aholisi va mehmonlariga har tomonlama munosib sharoit yaratish barobarida, qadim shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Registon maydoni, Hazrati Hizr va Bibixonim masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi qayta ta’mirlandi. Ularni bir-biriga bog‘lovchi kichik halqa yo‘lining qurilishi shahar ahli va sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratdi.

Samarqandning sayyohlik imkoniyatlari shahar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda bu yerda yuzdan ziyod sayyohlik firmasi va yuzga yaqin mehmonxona faoliyat ko‘rsatayotir.

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi mamlakatimizning sayyohlik borasidagi ulkan salohiyati bilan jahon jamoatchiligini keng tanishtirish uchun yana bir qulay imkoniyat bo‘lib, xorijiy sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Sessiya dunyoning yetakchi ekspertlariga jahon sayyohlik bozorining bugungi holati va istiqbollari xususida tajriba almashish, bu boradagi yangi tendensiyalar, dolzarb sayyohlik muammolarini muhokama qilish imkonini berayotir.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Registon majmuasi, Amir Temur va Xo‘ja Doniyor maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, «Afrosiyob» muzeyi kabi diqqatga sazovor joylar va zamonaviy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida Samarqand shahrida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga, shaharning ulkan sayyohlik salohiyatiga, sohada kadrlar tayyorlashga qaratilayotgan alohida e’tiborga yuksak baho berdi.

Sessiyaning yalpi majlisida Buyuk ipak yo‘li – xalqaro sayyohlikni rivojlantirishning yangi istiqbollari, sohada kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish, mintaqaviy rivojlanish va integratsiyani rag‘batlantirishda sayyohlik marshrutlarining roli, xalqaro turizmning bugungi holati va istiqbollari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Tadbir doirasida mamlakatimizga sayyohlarni yanada kengroq jalb qilish bo‘yicha chet ellik mutaxassislar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashilmoqda, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.

Xalqaro anjuman 3-oktabr kuni o‘z ishini davom ettiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda jahon sayyohlik forumi