Samarqandda IIB xodimlari AYOQSHdan katta miqdordagi pullarni oʻmarib ketgan shaxslarni qoʻlga oldi
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jomboy tuman IIB ga 1992-yilda tugʻilgan A. ariza bilan murojaat qilib, 2020-yil 17-sentyabr kunidan 18-sentyabr kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Jomboy tumanida joylashgan yoqilgʻi quyish shahobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigining ochiqligidan foydalanib, u yerga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonada boʻlgan temir seyfni kalit tanlash yoʻli bilan ochib, seyf ichida boʻlgan 320.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur oʻgʻrilik jinoyatini Urgut tumani Chumchuqli MFYda yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan J. va Urgut tumani Terak MFYda yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan X. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84.500.000 soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.