Samarqand shu yilning 3-15 sentyabr kunlari “Grand Swiss” xalqaro shaxmat musobaqasiga mezbonlik qiladi. Mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur turnirda dunyoning 160 nafarga yaqin kuchli shaxmatchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

“Grand Swiss” turniri Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan tashkil etiladigan eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, shveysarcha formatda 11 turdan iborat holda o‘tkaziladi. Musobaqada jahon shaxmat reytingida yuqori o‘rinlarda turgan shaxmatchilar qatnashadi. Shuningdek, FIDE prezidenti tomonidan tavsiya qilingan 4 nafar shaxmatchi va turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari uchun maxsus yo‘llanmalar ajratiladi.

Musobaqa har ikki yilda o‘tkazilib, unda dunyo shaxmat reytingida TOP-100 ga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan jami to‘rt nafar (2 ta erkak, 2 ta ayol) g‘olib jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan “Talabgorlar” musobaqasiga saralab olinadi.

Samarqand shahrida o‘tadigan “Grand Swiss” turnirida yurtimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Gulruhbegim Tohirjonova qatnashishi kutilmoqda.  

G‘. Hasanov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda dunyo shaxmat ustalari jam bo‘ladi