Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi "SUS Environment Samarkand" zavodining qurilishiga start berildi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha uchun 150 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinmoqda. Zavod qurilishi uchun Samarqand shahrining So‘lim qo‘rg‘oni  hududidan 15 gektar yer maydoni ajratilgan.  

Korxona kuniga 1500 tonna chiqindini termik qayta ishlash va yiliga 240 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu yerda qattiq maishiy chiqindini yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi.  

Yangi zavod qurilishiga kirishilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, viloyatda  chiqindilarni qayta ishlash, undan energiya ishlab chiqarish yo‘nalishidagi mazkur loyihaning energiya barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

G‘. Hasanov,  

A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi