Xalq deputatlari viloyat Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida shunday qarorga kelindi.

Bunga O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan sanitariya jihatdan tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinganligi va tegishli tashkilotlarning xulosalari asos bo‘lgani qayd etildi.  

Endilikda maishiy chiqindi uchun Samarqand shahri va tumani aholisi bir oyda bir kishi uchun 5600 so‘m, boshqa tuman va shaharlar aholisi esa 4624 so‘mdan to‘laydi.  Shu paytgacha bu miqdor Samarqand shahri va tumanida 5000 so‘m, viloyatning boshqa tuman va shaharlarda esa 4129 so‘m edi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda chiqindi uchun to‘lov tariflari oshmoqda