Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan 1971 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan, Samarqand shahridagi “YULDUZ” advokatlik firmasi advokati vazifasida ishlab kelayotgan A.U. sud idoralarida ko‘rib chiqilayotgan ishlarda advokat sifatida ishtirok etib, “vositachilik” qilish yo‘li bilan sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali ishlarni ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelganligi aniqlandi.

Xususan, mahalliy fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohini bekor qilish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining qarorini chiqartirib berish evaziga undan 1 500 AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat A.U. ushbu fuqarodan kelishilgan pullarning 1300 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Hozirda A.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda advokat pora bilan qo‘lga tushdi