Hademay mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi. Samarqand viloyatidagi 1272ta umumta’lim, 18 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident maktabi, 8 ta maxsus maktab-internat, 41 ta nodavlat maktab yana o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oladi. Bu muassasalarda 795 ming nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishi kutilmoqda.

– Ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar avvalo ta’lim sifatini yuksaltirish, o‘qituvchi-pedagoglarning obro‘sini oshirish, o‘quvchilarga zarur shart-sharoit yaratib berishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi, – deydi Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov. – Birgina misol, joriy yilda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi o‘qituvchilarning huquqi, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligini huquqiy kafolatladi. Bu keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, aholi orasida turli gap-so‘zlarga sabab bo‘layotgan o‘qituvchi va o‘quvchi, ota-ona munosabatlariga chek qo‘yishga ham turtki beradi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida shu paytgacha 68 ta maktab yangi baholash tizimiga o‘tkazildi. Yangi o‘quv yilidan esa yana 50 ta maktabni shu tizimga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha maktablar va 760 ta bog‘chada tashvish tugmalari va nazorat kameralari o‘rnatildi. “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘lgan maktablar 106 tadan 202 taga oshirildi. Milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar soni ikki baravarga oshib, 2444 nafarga yetdi. Samarqand tajribasi sifatida yo‘lga qo‘yilgan, o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rgatilayotgan maktablar ham yana 80 taga ko‘payib, ularning umumiy soni 160ta bo‘lmoqda. O‘tgan o‘quv yilida Rossiya, Fransiya va Hindistondan 20 nafar mutaxassis o‘qituvchilar jalb qilinib, tajriba almashgan edi. Bu yil esa ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha 23 nafar, “Zo‘r klass” loyihasi doirasida 16 nafar chet ellik mutaxassis kelib samarqandlik o‘qituvchilarga saboq beradi.

Bu yil viloyatimizdagi maktablarning birinchi sinfiga 86 ming 400 nafardan ortiq o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ayni paytda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlaridagi maktablarga onlayn usulda, qolgan 14 tumandagi maktablarga esa an’anaviy shaklda qabul davom etmoqda. O‘tgan hafta birinchi sinf o‘quvchilari uchun 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” keltirilib, hozir hududlarga yetkazilmoqda.

Umuman, 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarga 9 million 983 mingdan ortiq darslik va o‘quv -metodik qo‘llanmalar uchun buyurtma berilgan.

Bu ta’limning mazmuni bo‘yicha vazirlik va hududiy boshqarma, bo‘limlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar. Shakl, ya’ni ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish borasida ham respublika byudjeti va mahalliy hokimliklar mablag‘lari hisobidan qurilish-ta’mirlash, jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

– Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida barcha umumta’lim maktablariga hududlardagi markazlashgan buxgalteriya xizmatlari tomonidan qurilish ashyolari olib berildi, shuningdek, homiylik yordamlari asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, – deydi Sh.Eshonqulov. – Bundan tashqari, bu yil viloyatimizda 4 ta yangi maktab qurilishi, 90 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 12 ta muassasani mukammal ta’mirlash belgilangan. Ayni paytda mazkur ob’ektlarning barchasida so‘nggi yumushlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand shahridagi Qorasuv massivida 1680 o‘rinli, Pastdarg‘om tumani Maroqand mahallasida 330 o‘rinli, Urgut tumani Bekrabot mahallasida 330 o‘rinli va Qo‘shrabotdagi Ozod mahallasida 264 o‘rinli yangi maktab qurilmoqda. Yana to‘rt hududda – Nurobod, Pastdarg‘om, Urgut va Samarqand tumanlarida yangi maktablar tashkil etilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 33 ta umumta’lim maktabi yangi asbob-uskunalar, zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi. Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va mukammal ta’mirlanayotgan 106 ta umumta’lim maktabi ham mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va zarur texnik vositalari bilan jihozlanadi. 

Umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda yangi maktab qurish hisobiga 23 ming 878 o‘quvchi o‘rni yaratiladi va viloyat bo‘yicha maktablarning koeffitsiyenti 1,3 ni tashkil etadi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda 4 ta yangi maktab qurilmoqda