Samarqandda 1162 nafar fuqaro karantin nazoratiga olingan
Bu haqda Samarqand viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining 23-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishida maʼlum qilindi.
Bu haqda Samarqand viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining 23-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishida maʼlum qilindi. Xorijiy davlatlarda boʻlib qaytgan bu fuqarolarning 577 nafari uy sharoitida, 438 nafari sanatoriyalarda va 147 nafari shifoxona sharoitida 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratga olinganlarning salomatligi yaxshi, tana harorati koʻtarilgan fuqarolar yoʻq.
Viloyatga Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan 438 nafar yurtdoshlarimiz Samarqand temiryoʻl kolleji yotoqxonasi va Samarqand tumanida joylashgan “Doʻstlik” oromgohida joylashtirilgan. Ushbu maskanlarda fuqarolar uchun zarur shart-sharoit yaratilgan.
Shuningdek, qoʻshimcha olib kelinuvchi fuqarolar uchun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli “Ustoz” sanatoriysida 200 oʻrin, viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida 150 oʻrin, Urgut sogʻlomlashtirish maktab-internatida 220 zahira oʻrin tayyorlangan.