Samarqandda 11 nafar mahkum afv etildi
Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Xalqimizga xos bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan mazkur farmonga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga asosan, sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 65 fuqaro afv etildi.
– Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni bilan Samarqand viloyatidagi ikkita manzil koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan 11 mahkumga nisbatan afv eʼlon qilindi, – deydi Samarqand viloyati prokuraturasi boʻlim prokurori N.Oʻrazaliyev. – Ularning 5 nafari jazoni ijro etish koloniyalaridan ozod qilingan boʻlsa, 6 nafarining jazosi uchdan bir qismiga qisqartirildi.
Jumladan, Urgut tumanidan H.Nabiyev, A.Tugalov, Kattaqoʻrgʻon tumanidan A.Erkinov, narpaylik R.Ergashev, paxtachilik K.Tojiyev farmonga asosan oʻtalmay qolgan jazodan ozod etilib yoki jazosi yengilrogʻiga almashtirilib, oilasi bagʻriga qaytarildi. Endi ular eng ulugʻ, eng aziz bayramni oilasi bagʻrida nishonlaydi va bu ular hayotida unutilmas kun boʻlib qolishi, shubhasiz.