Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rahbariyati Angliyaning Oksford universitetida “Oxford Conclave”ning yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.

2004 yilda tashkil etilgan “Oxford Conclave” dunyodagi nufuzli universitetlarning akademik hamkorlik va tajriba almashishi uchun samarali platforma hisoblanadi. Uning har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan anjumanlarida Nobel mukofoti laureatlari, taniqli olimlar va siyosiy yetakchilar ishtirok etadi. Bu galgi yig‘ilishda ham Buyuk Britaniya, AQSH, shuningdek, Osiyo va Afrika davlatlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.  

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti “Oxford Conclave”ning Markaziy Osiyo mintaqasi hamda MDH mamlakatlari orasidagi ilk qatnashchisi bo‘ldi.

– Sentyabr oyining birinchi haftasida Oxford universitetining “Rhodes House” va Balliol kollejida tashkil etilgan mazkur uch kunlik tadbir xalqaro miqyosda ilg‘or tajriba va amaliyotga ega oliygohlar rahbarlari uchun o‘zaro fikr va tajriba almashish maydoniga aylandi, – deydi Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori Yusuf Abdullayev. – E’tiborlisi, anjumanning rasmiy qismida universitetimiz taqdimotini o‘tkazdik. “Oliy ta’limning transformatsion kuchi. O‘zbekiston salohiyatini qayta kashf etish” mavzusidagi taqdimotimiz yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Biz O‘zbekiston mehnat bozorining kadrlarga ehtiyoji, ayniqsa muhandislik sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha batafsil ma’lumot berdik. Bu borada nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga tayyorligimizni bildirdik va bizning tashabbuslarimiz anjuman ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti Oksfordda taqdimot o‘tkazdi