O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Samarqand viloyatiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, yangi turizm infratuzilmasi ob’ektlari salohiyatidan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, yangidan modernizatsiya qilingan Samarqand xalqaro aeroportida xorijiy aviatashuvchi kompaniyalar uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, hududning transport-logistika tizimini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va diversifikatsiya qilish maqsadida:

1. 2021 yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Ispaniya Qirolligining Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 24-sessiyasida 2023 yilda Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda “Hunarmand” uyushmasining:

respublika hududlarida va xorijiy mamlakatlarda Samarqandning turizm salohiyati hamda Samarqand xalqaro aeroporti (keyingi o‘rinlarda – Aeroport) imkoniyatlarini namoyish etuvchi “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini yo‘lga qo‘yish;

Samarqand viloyatini avia, temir yo‘l va avtomobil transporti bilan bog‘langan hamda Aeroportni respublika hududlari bilan bog‘lash imkonini beruvchi yirik transport-logistika xabiga aylantirish;

Aeroportda xorijiy aviatashuvchilar uchun muqobil joylashtirish (bazirovka) tizimini joriy qilish;

Samarqand viloyatidagi turistik ob’ektlarning faoliyatini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

a) Aeroportda:

2030 yil 1 yanvarga qadar xorijiy aviakompaniyalarning parvozlarini amalga oshirish uchun Aeroportni boshqarish bo‘yicha xususiy sherik (keyingi o‘rinlarda – xususiy sherik) ham ruxsatnoma olish uchun Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga iltimosnoma bilan murojaat qiladi;

uchish uchun ruxsatnomani berish masalasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun xorijiy aviakompaniyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar topshirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 96 soat davomida, charter parvozlar uchun esa 24 soat davomida ko‘rib chiqiladi;

turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun turizm axborot markazlari tashkil etiladi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarori 12-bandi qoidalari xususiy sherikka ham tatbiq etiladi;

v) 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’ektlari:

belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga asosan 4 yulduzli va undan yuqori toifaga ega bo‘lgan mehmonxonani tashkil qilish va/yoki faoliyatini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, maxsus texnikalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, xomashyo va materiallar, o‘simliklar, mebel, inventarlar va boshqa zarur bo‘lgan tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;

Samarqand turistik markazi hududida ob’ektlarni qurish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

4. Samarqand viloyatining Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlar ro‘yxatiga kiritilsin.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari xulosalari asosida Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlarida turistik zona chegaralarini belgilash tavsiya etilsin.

5. Turizm va madaniy meros vazirligi uch oy muddatda:

2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini (keyingi o‘rinlarda – Bosh Assambleya 25-sessiyasi) yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishni;

“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish va Butunjahon turizm tashkiloti bilan kelishuv asosida Bosh Assambleya 25-sessiyasining logotipini ishlab chiqishni;

2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan tadbirlar va anjumanlar grafigini hamda 2024 yilda Xiva shahri “Islom dunyosining turizm poytaxti” hamda Shahrisabz shahri “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Belgilansinki:

Bosh Assambleya 25-sessiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari;

“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish va Bosh Assambleya 25-sessiyasining logotipini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjetidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

6. Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ bilan birgalikda 2023 yilning birinchi choragida ixtisoslashtirilgan kompaniyalarni jalb qilgan holda Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumining o‘tkazilishini ta’minlasin.

7. “Uzbekistan Airports” AJ xususiy sherik bilan birgalikda bir hafta muddatda slotlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi reglamentni ishlab chiqib, tasdiqlasin. Bunda, aviakompaniyalarning parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirish uchun arizalari (so‘rovlari) “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xususiy sherik bilan kelishilgandan so‘ng vakolatli organga taqdim etilishi tartibi nazarda tutilsin.

8. Turizm va madaniy meros vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlarini tashkil etishni ta’minlasin.

9. Turizm va madaniy meros vazirligi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand turistik markazi hududida muzeylar, galereyalar, madaniy-tomosha hamda madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda turistlarni jalb qiladigan boshqa ko‘ngilochar va sport maskanlarini tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.

10. Transport vazirligi:

a) 2023 yil 1 sentyabrga qadar tadbirkorlik sub’ektlari va investorlarni jalb qilgan holda shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus (mikroavtobus) qatnovlarini axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tizimni yaratsin. Bunda, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus (mikroavtobus) qatnovlari tizimida:

chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;

aholining xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarning o‘z vaqtida harakatlanayotganini monitoring qilish maqsadida avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platformani yaratish nazarda tutilsin;

b) “Uzbekistan airways” AJ bilan birgalikda 2023 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan shaxsiy kabinet orqali guruh yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish hamda mobil ilovalar orqali chiptalar mavjudligini kuzatish va onlayn bron qilish imkoniyatini nazarda tutgan holda aviachiptalar onlayn savdosi hajmini oshirish choralarini ko‘rsin;

v) “Uzbekistan Airports” AJ va xususiy sherik bilan birgalikda Aeroportda aviatashuvchilar uchun muqobil joylashtirish tizimini joriy qilish choralarini ko‘rsin;

g) Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ziyorat turizmini rivojlantirish va turistlar sonini maqsadli ko‘rsatkichlarda belgilangan miqdorlarga yetkazish uchun Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Bangladesh mamlakatlaridan kelayotgan turistlarni jalb etish maqsadida xorijiy va uchinchi davlat aviakompaniyalari tomonidan xalqaro aeroportlarda joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimi doirasida aviaparvozlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Turizm va madaniy meros vazirligi:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Transport vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalarni keng jalb qilish;

“Uzbekistan Airports” AJ va xususiy sherik bilan birgalikda 2023 yil 1 fevralga qadar Aeroportda turizm axborot markazini tashkil qilish choralarini ko‘rsin.

12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi (J.Xodjayev) ikki hafta muddatda import qilinadigan alkogol mahsulotlari uchun belgilangan bojxona to‘lovlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqib, taklif kiritsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

14. Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R.Mahkamov, turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Ibragimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O.Turdimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J.Ramatov va A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023 yil 31 dekabrga qadar har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                              Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 

2022 yil 24 dekabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida