Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning shaharda o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabulida 652 ta murojaat tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismi tibbiy xizmat, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, turli ijtimoiy muammolar yuzasidan bo‘ldi. Shuningdek, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushini yaxshilash yuzasidan taklif va loyihalar bilan kelganlar ham bo‘ldi.

Viloyat hokimi bilan birga hokimliklar mas’ullari, boshqarma va idoralar rahbarlari murojaatlarni qabul qilib, har bir masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.  

Xususan, uy-joy qurilishi masalasi yuzasidan murojaatlarga javoban viloyat hokimi noqonuniy qurilishlar masalasini shaxsan o‘rganayotganligi va mazkur yo‘nalishdagi muammolarni kompleks hal qilish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.

***

Navro‘z bayrami munosabati bilan 20 mart kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida gastronomik festival o‘tkaziladi.

Viloyat hokimligi, turizm boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan festivalda mahoratli oshpazlar kabob, palov va xalisa tayyorlash bo‘yicha bellashadi, yosh oshpazlar uchun mahorat saboqlari uyushtiriladi.

Tayyorlangan mahsulotlar iftorlik dasturxoni uchun aholiga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

***

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti botanika bog‘ida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan 1000 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, “Ziyolilar bog‘i” yaratildi.

Universitetning  moliya va iqtisod bo‘yicha prorektori Ismoil Rahmonovning qayd etishicha, mazkur loyiha muassasaning barcha filial va fakultetlarida davom etadi.

O‘tgan yili Botanika bog‘ida  loyiha bo‘yicha 8 ming tup ko‘chat ekilgan.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda