Samarqand viloyati IIB boshliqlari tayinlandi
Shu yilning 10 fevral kuni Samarqand viloyati sektor rahbarlari va mutasaddilar bilan yig‘ilish o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarini ishdan olganini ma’lum qilgandi.
Kecha viloyat IIBda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlari bilan polkovnik Ismatjon Ibragimov Samarqand shahar, podpolkovnik Anvarjon Raxmatov Samarqand tumani, podpolkovnik Abror Valiyev Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i sifatida tanishtirildi.
Shuningdek, podpolkovnik Bahodir Raxmatov Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zA.