Shu kunlarda Fransiyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev YUNESKO tashkiloti bosh ofisida tashkilotning Butunjahon merosi qo‘mitasining 47-sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiyada O‘zbekistondagi nodir umumbashariy ob’ektlarni saqlab qolish borasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” Butunjahon merosi ob’ekti bo‘yicha ham muhokamalar o‘tkazildi. Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Butunjahon madaniy merosi qo‘mitasi tomonidan “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” va “G‘arbiy Tyanshan” Butunjahon merosi ob’ektlariga oid hujjatlar e’lon qilinishi kutilmoqda.  

Butunjahon merosi qo‘mitasining 47-sessiyasi doirasida A. Boboyev mazkur qo‘mita rahbari Lazar Elundu Assomo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda madaniy meros obidalarining barqarorligini ta’minlash va asrab-avaylashda tajriba almashish va ilg‘or jahon amaliyotini tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Adiz Boboyev Samarqandning betakror madaniy merosini muhofaza qilish va uning tarixiy markazini yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Tarixiy yodgorliklar atrofini obodonlashtirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash borasidagi hamkorlikni yanada yaxshilash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Adiz Boboyev Parij shahar meri o‘rinbosari Arno Ngatcha bilan uchrashuvda Samarqand va Parij o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Adiz Boboyev mahalliy boshqaruvda nomarkazlashtirish, samarali boshqaruvni amalga oshirish, shaharni chiqindilardan tozalash jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan takliflarini berdi.

G‘. Hasanov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati delegatsiyasi YUNESKO sessiyasida qatnashdi