Avval xabar qilinganidek, Samarqand YUNESKOning dunyodagi eng nufuzli, har bir davlat ham mezbonlik qila olmaydigan konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda.
Hozir shahar ko‘chalarida harakat nisbatan cheklangan, mehmonxonalar to‘la. Odatdagi hayot tartibi biroz o‘zgargan. Eng muhimi, samarqandliklar bu xalqaro tadbirning har bir soniyasi davlatimiz nufuziga xizmat qilayotganini yaxshi anglab turishibdi.
[gallery-26007]
Hozir 190 dan ortiq davlat vakillari, YUNESKO yetakchilari, olimlar va jurnalistlar shu yerda.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA