-

“Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo‘linmas bo‘lib ko‘rinadi...”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

2025 yil 1aprel... Butun dunyo nigohi Samarqandga qaratildi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi Samarqand sammiti oldidan “Euronews”ga bergan eksklyuziv intervyusidan boshlandi...

Samarqand ulug‘vor shahar. Samarqandning tarixi qanday buyuk bo‘lsa, buguni ham, kelajagi ham shunday buyukdir.

Samarqand unutilgan ulug‘vorlik. Ba’zan Samarqandning darajasini tushirishga urinishlar ham bo‘lgan. Lekin tarix Samarqandning ulug‘vorligini his etadigan, anglaydigan shaxslarni maydonga chiqargan.

Samarqandda Qusam ibn Abbos (r.a) ning muqaddas hoki, Buxoriyning buyukligi, Mir Sayyidning barakasi, Amir Temurning salobati, Xo‘ja Ahrori Valining karomati, Ulug‘bekning salohiyati, Navoiyning qalbi, Boburning bunyodkorligi mujassamlashgan.

Samarqandning tabarruk tuprog‘ini yanada tabarruklashishiga, Samarqand zaminida mangu qo‘nim topganlarning ham beqiyos hissasi bor.

Samarqandning har qarich yeri, har bir g‘ishti, bizga tarixdan so‘zlaydi.

Samarqand xalqimizning dunyo oldidagi yuzi, so‘zi, obro‘si, jasorati, matonati, sabru bardoshi, manguligi, kelajagi va bugunidir.

Samarqandning boqiy shon-shuhrati salkam uch ming yil davomida o‘tda yonmadi, suvda cho‘kmadi, tarix sahifalaridan o‘chib ketmadi. Aksincha bunga uringanlarning nomlari allaqachon unutilishga mahkum bo‘lgan.

Shaharlar bor insonlarni ulug‘laydi, kamolga yetkazadi. Ularga jahoniy martaba in’om etadi, shonu shuhratini yuksaltiradi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan Samarqand bugun Markaziy Osiyo, ko‘hna Sharq, butun Osiyo, Yevropa, jahonning eng ulug‘vor shaharlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevda Samarqandni samolarga ko‘tarish, dunyo oldidagi qadim qudratini yuksaltirish g‘oyasi bundan salkam chorak asr oldin aynan Samarqandda tug‘ilgan edi.

2025 yil 2 aprel... Sanasi Samarqandimiz tarixiga oltin harflar bilan bitilishiga ishonaman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining feysbukdagi sahifasida shunday yozadi:

"YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO o‘rtasidagi kelishuv imzolanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi.

Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan.

Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, o‘ziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqish bilan qarayotganidan dalolat.

Biz madaniyat va san’at vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanmoqda."

Xush kelibsan, YUNESKO! Samarqandda uchrashguncha!...

Samarqandni dunyo miqyosida ulug‘lagan xushxabarni o‘qir ekanman beixtiyor ko‘zlarimga yosh keldi.

Bu butun dunyoda O‘zbekiston asri boshlanganidan dalolat beradi.

Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida, jahonda O‘zbekistonning ijobiy imiji allaqachon shakllanganini, yaratilganligini ko‘rsatadi. Salkam yarim asr davomida kimlar orzu qilmagan bunday yuksak maqomni.

Men Samarqandim uchun faxrlandim. Mazkur yuksak sharafni yurtimizga olib kelganlar mehnatiga, mahoratiga, matonatiga tasannolar aytdim. Buning uchun eng avvalo, Vatanni sevish kerak, yurtdoshlarni yaxshi ko‘rish kerak.

2025 yil 2 aprel... Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Davlatimiz rahbari sammitning eng martabali mehmoni Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Butun dunyoda 1 aprel kuni boshlangan “Samarqand ruhi” aziz mehmonlarni o‘z og‘ushiga olgan edi. Samarqandning beqiyos me’moriy yodgorliklari, buyuk o‘tmishi, rohatbaxsh havosi, betakror tabiati, totli taomlari, afsonaviy noni...

i... eng muhimi, bag‘rikengligi asrlar davomida xorijlik hamkorlarimizni hayratlantirib kelgan. Ohangraboday o‘ziga tortgan.

2025 yil 3 aprel... Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturiga ko‘ra Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlari mazkur uchrashuvdan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman.Chunki dunyo miqyosidagi ko‘pgina moliyaviy tuzilmalarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi, intilishi tobora ortayotgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand sammitining kun tartibi juda tig‘iz edi. Lekin davlatimiz rahbarining qat’iy talabi bilan barchasiga ulgurildi. Bunday fursat har doim ham bo‘lavermaydi axir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti doirasida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyen bilan suhbat o‘tkazdi. Shu kunning o‘zida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi. 1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.

Bu aslida hamkorlarimizning mamlakatimizga bo‘lgan ishonchi, munosabatlarimizda yangi davrning boshlanishi hamdir. Yevropa standarti, mezoni va o‘lchovlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, mazkur moliyaviy tuzilmaning tashkil etilishi ijtimoiy-siyosiy hayotimizda katta voqeadir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyevning hamkasblari bilan bo‘lib o‘tgan o‘zaro muloqotlarida Markaziy Osiyo uchun mushtarak maqsadlar ustuvorlik kasb etdi. So‘zsiz bir-birini anglash, qo‘llab-quvvatlash muhiti hukmronlik qildi.

2025 yil 4 aprel... Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida nutq so‘zladi:

"Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim – mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazish borasidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ko‘p asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘llari chorrahasida joylashgan ushbu shonli shahar sivilizatsiyalar muloqoti hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi diplomatiya, savdo va madaniy almashuvlarning muhim markazi bo‘lgan. Bu haqda ko‘plab tarixiy dalillar mavjud. Masalan, Movarounnahr hukmdori Amir Temur bundan olti asrdan ziyod vaqt oldin aynan shu zaminda turib erkin va xavfsiz savdoni ta’minlash maqsadida Yevropa hukmdorlari bilan faol muloqotlarni yo‘lga qo‘ygan..."

Uyg‘otilgan ulug‘vorlik. Samarqand o‘zining shonli o‘tmishi davomida ko‘rmagan yuksaklikka ko‘tarildi.

Samarqand Yevropa Ittifoqiga a’zo dunyoning eng rivojlangan 27 mamlakatida yashayotgan salkam yarim milliard va Markaziy Osiyo davlatlarida istiqomat qilayotgan yuz millionga yaqin aholi diqqat markazida bo‘ldi.

Yevropa kengashi va Yevropa komissiyasi Prezidentlari shuningdek, yana 5 davlat Prezidenti o‘z soatlarini nufuzli sammit o‘tayotgan kunlarda Samarqand vaqtiga to‘g‘irladi. Ha o‘sha tarixiy kunlarda butun dunyoda Samarqand nomi eng ko‘p ishlatilgan so‘z bo‘ldi, deyishimizga bugun to‘la asoslarimiz bor.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand xalqaro Iqlim forumi ishtirokchilariga yuzlanib aytgan mana bu so‘zlari barchani to‘lqinlantirib yubordi:

"Ishonchim komil, bu zaminda, asrlar davomida yangi g‘oya va bilimlar yaratilgan, ishonch va bunyodkor sheriklik markazlaridan biri bo‘lgan qadimiy Samarqandda biz iqlim sohasidagi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqa olamiz."

O‘zbekistonga xush kelibsiz!

Samarqandga xush kelibsiz!

Davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, Samarqandda yangi g‘oya va bilimlar tug‘ilgan, yaratilgan. O‘zaro ishonch va bunyodkorlik, sheriklik tamoyillariga sadoqat ko‘rsatilgan. Bunday umuminsoniy g‘oyalar qadrlangan. Tarixda Samarqandda aytilgan gapdan qaytilmagan. Bu muqaddas zaminning non-tuziga nisbatan hamma vaqt hurmat saqlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Xabitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur xalqaro institutlar bilan o‘rnatilgan muloqotlar Vatanimiz rivoji va taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi shubhasizdir.

Mening nazarimda, 2025 yil 1-5 aprel Prezident Shavkat Mirziyoyev uchun eng serunum, sermahsul, serfayz kunlar bo‘lgani bilan tarix sahifalariga muhrlanadi.

Tasavvur qiling. Samarqand qanday nufuzli, ulkan sammitga mezbonlik qildi. Sammitning ko‘lami kengligiga alohida e’tibor qaratish muhim. Sammit ishtirokchilarining dunyo siyosatidagi o‘rni, mavqeyi juda baland.

Samarqand sammiti Vatanimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi. O‘zbekistonimizning xalqaro obro‘sini belgilab berdi. Islohotlarimiz jahon miqyosida e’tirof etilayotganini yana bir marta namoyish etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining feysbukdagi sahifasida bu haqda quyidagilarni yozdi:

Bugun Samarqandda Markaziy Osiyo Iqlim forumi o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini taqdim etish men uchun katta sharafdir... Hozirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoning yashil rivojlanish” konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. U yashil texnologiyalardan tortib barqaror urbanizatsiyagacha bo‘lgan barcha sohalarni to‘la qamrab oladi... Biz muloqot va hamkorlikka ochiqmiz. Faqatgina birgalikda biz Yer yuzini asrab qolishimiz va farzandlarimiz, nabiralarimiz hamda bizdan keyingi barcha avlodlar uchun yaxshiroq kelajakni barpo etishimiz mumkin. Forum doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan shaxsan tanishganimdan mamnunman. Ursula fon der Lyayen xonimning yetakchiligi va iqlim kun tartibini ilgari surishdagi izchilligi ilhom bag‘ishlaydi hamda samarali xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi...

Samarqand sammiti avvalo, ona-Vatanimiz tinchligini, ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerakligini chuqur anglatdi. Har xil qutqularga uchmasligimiz juda-juda muhim. Vatanimizning tobora yuksalayotgan obro‘siga osonlikcha erishilmaganligini unutmasligimiz zarur.

Yillar o‘tadi. “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi sammitlari Ostonada, Dushanbeda, Ashxabodda, Bishkekda bo‘lishiga ishonaman.

Samarqand sammiti Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, jasorati tufayli, birinchi bo‘lib, o‘tkazilgani bilan tarixda qoladi.

Samarqandimizga dunyo diplomatiyasining markazi maqomi muborak bo‘lsin!

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand sammiti tarixda qoladi