Samarqand ming nafarga yaqinni mehmonni kutmoqda
Samarqand – nufuzli xalqaro anjumanlar arafasida.
Samarqand – nufuzli xalqaro anjumanlar arafasida.
26-30 avgust kunlari qadimiy va hamisha navqiron kentda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Festival matbuot markazining 22 avgust kungi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur nufuzli san’at anjumanida bu gal dunyoning 74 davlatdan 341 nafar mehmonlar ishtirok etish istagini bildirgan.
25-26 avgust kunlari esa Samarqand YuNESKO shafeligidagi “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Ushbu konferensiya hamda “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligida qatnashish uchun 52 mamlakatdan 351 nafar martabali mehmonlar, olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari kelishi kutilmoqda. Shuningdek, 103 nafar “World Influencers Congress” I xalqaro hukumat kongressi ishtirokchilari ham Samarqand mehmoni bo‘ladi.
Umuman, ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun shaharga ming nafarga yaqin xorijlik mehmonlar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari keladi.
Mehmonlar uchun shahardagi 16 ta mehmonxona joylar hozirlab qo‘yilgan.