Samarqandda “Samarqand viloyati imtihon markazi” innovatsion majmuasi o‘z faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat sektor rahbarlari, markaz tashkilotchilari va faollar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan IIV JXD YHXX boshlig‘i, polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi juda dolzarb ekanligini ta’kidlab, bunday markazlarning faoliyati haydovchilik guvohnomasini olish sohasida korrupsiyaga to‘liq barham berish imkoni borligini amalda namoyon etganligini e’tirof etdi.

Markaz har kuni nazariy imtihon topshirish bo‘yicha 800 nafarga yaqin, avtomobil boshqarish imtihoni bo‘yicha esa 400 nafar nomzodni qabul qila oladi.

Mas’ullarning ta’kidlashicha, butun jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan. Nomzod markazga kelganida o‘ziga tegishli individual QR-kodini oladi, bunda u topshiradigan imtihonlarning har bir bosqichi belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Nazariy imtihondan o‘tish uchun 20 ta savoldan kamida 18 tasiga to‘g‘ri javob berish talab etiladi, bunga 25 daqiqa vaqt ajratiladi. Agar ushbu sinov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, nomzod haydovchilik bo‘yicha amaliy imtihonni topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Kutish zalida unga zarur ko‘rsatmalar beriladi, shuningdek, qaysi mashg‘ulotlarni va qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligi to‘liq aks ettirilgan video ma’lumotnoma namoyish etiladi. 99 jarima ball chegarasidan oshib ketilmasa, imtihon topshirilgan hisoblanadi. Agar nomzod amaliy imtihondan o‘ta olmasa, u nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan paytdan boshlab 2 oy ichida 7 kunlik interval bilan qayta topshirishi mumkin.

Amaliy imtihonni topshirish uchun markazda uchta maydonga bo‘lingan avtomatlashtirilgan avtodrom mavjud. Birida «B», «C» va «D» toifalari, ya’ni yengil avtomobil, yuk mashinasi va avtobusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga da’vogar nomzodlar imtihon topshiradi.

Ikkinchi maydonda esa «A» toifasi uchun – mototransport boshqarish huquqiga ega bo‘lishni xohlovchilar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etadilar.  

Uchinchi maydon «BE», «CE» va «DE» toifalari uchun, ya’ni tirkamali avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha imtihonlarga mo‘ljallangan.

Nazariy va amaliy imtihonlar bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikka muhtoj nomzodlar uchun markazda ekspress-kurslar mavjud.

Imtihonlarning ikkala bosqichi muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng, sertifikat beriladi, nomzodlar bu sertifikat bilan YHXBga murojaat qilishlari lozim. Sertifikat ma’lumotlar bazasida tekshirilganidan so‘ng, ularga belgilangan tartibda haydovchilik guvohnomasi taqdim etiladi.

Bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi juda dolzarb. Bunday markazlarning faoliyati haydovchilik guvohnomasini olish sohasida korrupsiyaga to‘liq barham berish imkoni borligini amalda namoyon etdi. Bu, o‘z navbatida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning muhim shartidir, chunki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomani faqat yo‘l harakati qoidalarini, haydovchilik ko‘nikmalarini bilgan va buni amalda qo‘llay oladiganlargina olishi mumkin.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand imtihon markazi ish boshladi