Dushanba kuni ishni savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida tadbirkorlar qabuli bilan boshlagan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev ushbu haftada viloyatdagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

– Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ushbu soha sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi yaratilmoqda, – dedi uchrashuv avvalida A.Boboyev. – Buning boshida Prezidentimiz turganini yaxshi bilasiz. Davlatimiz rahbari har bir ma’ruza, chiqishlarida mamlakatimizda tadbirkorlik, investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarini ilgari surib, vazifalarni belgilab bermoqda. Bu vazifalarni bajarish uchun biz barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Shaxsan men tartibli, intizomli, vatanparvar tadbirkorlar tarafidaman va ularni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Boshqa rahbarlar, shahar va tumanlar hokimlarini ham shunga da’vat qilaman. Biz hamma vaqt sizlarni eshitish, faoliyatingizda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ularni hal etish, taklif va tashabbuslaringizni amalga oshirishingizga imkoniyat yaratishga hamma vaqt tayyormiz.   

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z ish faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan viloyat rahbariga murojaat qildi. Jumladan, ob’ektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash, foydalanishga topshirish, arxitektura-qurilish masalalari, kredit, faoliyatni litsenziyalash va boshqa masalalar ko‘tarildi.   

Tadbirkor Alisher Jalilov Samarqand tumanida 165 o‘rinli tibbiy klinika binosi qurib, saraton kasalliklarini davolash uchun zamonaviy nur terapiyasi uskunalari keltirgani, barcha xonalarni jihozlaganini bildirib, tibbiy markazni ishga tushirishda litsenziya va boshqa hujjat ishlarida muammolarga duch kelayotganini aytdi.   

Viloyat hokimi ushbu masala yuzasidan mutasaddilarning ham fikrlarini eshitib, muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha topshiriq berdi.   

Xitoylik investor Van Ji Chon esa viloyatning Ishtixon tumanida quritilgan meva tayyorlovchi korxona ochgan va Xitoydagi bir qator ishlab chiqaruvchilarga mayiz, quritilgan o‘rik va mosh yetkazib berish bo‘yicha 8 million AQSH dollari miqdorida shartnoma tuzgan. Ammo o‘simliklar karantini va himoyasi agentligidan sertifikat ololmayotgani uchun eksportni amalga oshirolmayapti. A.Boboyev tadbirkorning muammosini tinglab, masalani tez kunlarda hal etishda uni qo‘llab-quvvatlashini aytdi va tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.  

Uchrashuvda ishtirok etgan 250 dan ortiq tadbirkorning har bir masalasi, takliflari eshitilib, qayd etilgan muammolarga yechim topish bo‘yicha mutasaddi boshqarma va idoralar, hokimliklar zimmasiga vazifalar yuklandi. Har bir murojaat nazoratga olinib, mas’ullar va ijro muddatlari belgilandi.   

Viloyat hokimi barcha darajadagi rahbarlarga tadbirkorlik sub’ektlariga to‘siqlar yaratmasdan, ularga maksimal darajada yordam berish kerakligini ta’kidladi.   

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand hokimi intizomli, vatanparvar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi