Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Orol dengizining qurishi muammosi masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Forum muloqotlar uchun muhim platformaga aylandi. “Iqlim o‘zgarishi diqqat markazida: jamoaviy harakatlar orqali kelajakni shakllantirish” mavzusida yashil iqtisodiyot, suv resurslarini boshqarish, qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish, yoshlarni jalb qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Unda 1000 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Yevropa Ittifoqining rasmiy delegatsiyasi, xalqaro tashkilotlar, ilmiy institutlar, yetakchi kompaniyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining 400 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, Orol dengizining qurishi iqlimning jiddiy o‘zgarishlariga, jumladan, chang bo‘ronlari ko‘payishiga, bioxilma-xillikning yo‘qolishiga va aholi salomatligining yomonlashishiga olib keldi. Orol dengizi ekotizimini tiklash va mintaqa uchun barqaror yechimlarni topish xalqaro darajada muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Samarqandda o‘tayotgan forum aynan mana shu masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JF0mZd4JseY" title="Samarqand: Forum oʻzining qizgʻin pallasiga kirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV, O‘zA