Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialiga direktor tayinlandi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan veterinariya fanlari doktori, professor Yo‘ldoshev Nurbek Ergashevich Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

Nurbek Yo‘ldoshev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish davlat ilmiy nazorat markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U veterinariya va chorvachilik sohasida ilmiy va amaliy tajriba ega bo‘lib, uzoq yillar veterinariya va qorako‘lchilik tarmog‘ida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.
O‘zA