Jamiyat taraqqiyotining har davrida dunyo xalqlari uchun iqtisodiy hamkorlik qanchalik zarurat bo'lsa, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy aloqalarga ham shunchalik ehtiyoj yuqori bo'lib kelgan.

“Bundakim nazm ahlining Jomiy kabi peshvosi bor…”

Ushbu ehtiyoj natijasi milliy gʻurur-iftixor, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashib borishiga zamin yaratadi. Shu bois mamlakatimizda Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: “adabiy do'stlikni abadiy do'stlikka aylantirish” borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yigʻilishida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyurishini kutilmoqda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat xodimlaridan bir guruhini oʻz ichiga olgan delegatsiya qoʻshni mamlakatda mehmon boʻlib turibdi. Soʻgʻd viloyatida Oʻzbekiston hukumati tomonidan qurib berilgan maktab binosi katta tantanalar bilan ochildi. Bularning bari ikki qardosh va jondosh xalq oʻrtasidagi rishtalar qanchalik mustahkamligidan darak beradi.

Mirzo Tursunzoda aytganidek, bir dutorning ikki tori boʻlgan tojik va oʻzbek xalqlarining doʻstligi va ijodiy hamkorligi juda qadimiy va umrboqiydir. Shoirning “To tavoni doʻstonro gum makun...” (imkoni boricha doʻstlarni yoʻqotma) misrasi esa xalqlarimiz uchun hayotiy dasturilamaldir.

Davlatimizning ikki xalq oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirish bobidagi saʼy-harakatini oʻzining 600-yillik yubileyini tantanalar bilan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgan Samarqand davlat universiteti misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Samarqand davlat universiteti ham ushbu qadimiy va hamisha navqiron shahar bagʻrida Gʻafur Gʻulom taʼbiri bilan aytganda: “Vatanga – jamoli jahon oroni berguvchi farzandlar beshigi, Sharqqa maʼrifatning aniq yuzini beniqob koʻrsatgan eshigi” sifatida dong taratgan, xalqlar doʻstligining ahdu vafosi timsoli, ramzi boʻlib kelgan.

Bu dargohda taʼlim olgan zukko shoirlar Barot Boyqobilov va Omon Matjon “Dorilfunun qasidasi”da gʻurur va iftixor bilan shunday deyishgan:

Chun bu mulkni poyidor etti Ulugʻbek shavkati,

To bugun el yodida yulduz sevar Mirzosi bor.

Chorladi ustoz Abullays Mir Alisherni buyon,

Bundakim nazm ahlining Jomiy kabi peshvosi bor…

Mirzo Ulugʻbek hukmronligi davrida ilm-fan, madaniyat, sanʼat Movarounnahrda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga yetgan. Samarqand ilm-fan markazi sifatidagi dovrugʻ taratgan. Temuriylar saltanati boy kutubxonasi, Ulugʻbek yaratgan madrasai oliya va rasadxona davr ilmi va meʼmorchiligining chinakam moʻjizasi sifatida koʻpchilikni hayratda qoldirgan. Hazrat Navoiy aytganidek:

Rasadkim bogʻlamish zebi jahondur,

Jahon ichra yana bir osmondur.

1420-yildan oʻz faoliyatini boshlagan Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasida esa nafaqat Movarounnahr, balki Xuroson, Eron, Afgʻoniston kabi oʻlkalardan kelgan koʻplab tolibi ilmlar ham tahsil olishgan, ularga oʻz davrining eng mashhur mudarrislari dars berishgan. 

Ulugʻbek rahnamoligida turkiy, forsiy, arabiy tillarda mutafakkir olimlarning matematika, fizika, kimyo, geodeziya, astronomiya, fiqh, falsafa, adabiyot, tibbiyot, tarix, sanʼatshunoslik kabi fanlarga oid nodir asarlari yaratilgan. Sakkokiy, Kamoliddin Badaxshiy, Xoja Ismat Buxoriy, Mavlono Bisotiy, Xayoliy, Qosim Anvor kabi isteʼdodli shoirlar qalam tebratishgan.

Zayniddin Vosifiy “Badoeʼ ul-vaqoeʼ” asarida yozishicha, madrasai oliyaning dastlabki mudarrisi Shamsiddin Muhammad Xavofiy boʻlib, u Mirzo Ulugʻbekning qutlugʻ nazariga tushgan edi. Shuningdek, bu yerda Mirsaid Sharif Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Husayn Birjandiy, Ali Qushchi, Abulays Fazlulloh Samarqandiy singari olimu fuzalolar tolibi ilmlarga saboq berishgan. 

Taniqli olim Aʼloxon Afsahzodning taʼkidlashicha, “Abdurahmon Jomiy ham umri davomida uch marta Samarqandga ilm-maʼrifat olish, Xoʻja Ahrori Vali suhbatlaridan bahramand boʻlish ishtiyoqida Samarqand safarini ixtiyor etgan va bir muddat Ulugʻbek madrasai oliyasida taʼlim olib, unda mudarrislik qilgan”.

500-yildan ortiq vaqt faoliyat olib borgan ushbu madrasai oliya 1927-yildan Pedagogika bilim yurti, 1930-yildan esa Pedakademiya va 1933-yildan 1962-yilgacha Oʻzbekiston davlat universiteti nomi bilan uzluksiz faoliyat koʻrsatgan. Samarqand davlat universiteti tamal toshini qoʻygan bu maskanda ezgu anʼanalar davom etdi.

1927-yili Samarqand davlat universitetiga taklif qilingan professor Abdurauf Fitrat ham “Aruz haqida”, “Adabiyot qoidalari” risolalarini, “Shoiri fors Umari Xayyom”, “Lugʻat”-i Hofiz Oʻbahiy”, “Sayfi Isfarangi”, “Firdavsiy” nomli ilmiy maqolalarini yaratdi, talabalarga ikki tilda saboq berdi. Uning anʼanalarini Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Rahim Muqimov, Saida Narzulloyeva singari olim va tadqiqotchilar davom ettirishdi.

Samarqand davlat universitetida oʻtgan asrning 20-30 yillarida taniqli tojik adiblari Gʻani Abdullo, Rashid Abdullo, Foteh Niyoziy, Boqi Rahimzoda, Habib Yusufiy, Muhiddin Aminzodalar oʻzbek adabiyotining Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Amin Umariy, Sharof Rashidov, Asqad Muxtor singari vakillari bilan birga tahsil olishgan.

Sadriddin Ayniy va Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodiy anʼanalarini izchil davom ettirgan tojik adibi Foteh Niyoziy ijodida ham Samarqand muhiti katta taʼsir koʻrsatgan.

“Bilim yurtida oʻqib yurgan kezlarimda «Binafsha” degan sheʼr yozib, devoriy gazetada chiqarish niyatida Hamid Olimjonga koʻrsatdim, – yozadi Foteh Niyoziy oʻz xotiralarida. – Hamid aka sen fors tilini bilasanmi, deb soʻradi. Shundan soʻng sheʼrim bilan tanishgan Hamid Olimjon “Totli” deb sheʼrimning tagiga xayolimga kelmagan, oʻylab koʻrmagan taxallusni yozib qoʻydi. Ilk sheʼrim ana shu taxallus bilan eʼlon qilingan edi... Hamid Olimjonni hamisha ustoz sifatida qayd etaman» .

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti nufuzli ilm-maʼrifat markazi sifatida Tojikiston Respublikasi uchun koʻpgina olimlarni ham yetishtirib bergan. Ayniqsa, ustozlar V.Abdulloyev, R.Muqimov, B.Valixoʻjayevning maʼnaviy koʻmagi va beminnat xizmatlari tufayli universitet ilmiy kengashida bu qardosh respublikaning 20 dan ortiq filolog olimlari nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlab, ilmiy darajalarga musharraf boʻlishgan.

Samarqand davlat universitetini turli yillarda filolog – tojik tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha bitirganlar orasida taniqli olimlar, davlat arboblari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar va murabbiylar anchagina. Isteʼdodli olimlar Saʼdi Mahdiyev, Atoxon Ahrorov, Hasan Qudratullayev, Hamroqul Shodiqulov, Joʻraxon Baqozoda, Asqarali Rajabov, Rustam Shodiyev, Ramazon Abdulloyev, Yunus Azimov, Bahor Xurramzod, Anzurati Malikzod, adiblar Salim Kenja, Norqul Ostonzoda, Aslam Adham, Nasim Rajab, Safiyai Nosir, Narimon Baqozoda, Adash Istad, Hadya Rajabova, jurnalistlar Maʼruf Otaxonzoda, Muayyana Xoʻjayeva, Sherpoʻlod Vakilov, Zohir Hasanzoda shular jumlasidandir.

Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti shak-shubhasiz Mirzo Ulugʻbek asos solgan madrasayi oliyaning huquqiy vorisi sifatida oʻzining muqaddas va musharraf masʼuliyatli vazifalarini koʻtarinki ruhda davom ettirib kelmoqda. Uning 900 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilari 18 mingdan ortiq tolibi ilmga zamon talablari asosida saboq berishmoqda. Yaʼni, sheʼr ahli taʼbiri bilan aytganda:

Dorilfunun komil bugun – davron bilan ildam qadam,

Bu vatanning har yerinda doʻsti bor, oshnosi bor!

Samarqand davlat universitetining 9 ta fakultetida ham davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yigit-qizlar tojik tilida taʼlim olishmoqda. Taʼlim tojik tilida olib borilayotgan filologiya, fizika, matematika, tarix, biologiya, boshlangʻich taʼlim kabi fakultetlarning ushbu guruhlarida dars oʻtishning yangicha, noanʼanaviy usullaridan foydalanish, oʻziga xos uslublar kashf qilish va erishilgan yutuqlarni ommalashtirish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilgan.

Filologiya fakultetida tojik tili va adabiyoti yoʻnalishida bakalavriat va magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2020-2021 oʻquv yilida davlat granti asosida 10 nafar, toʻlov shartnoma asosida 40 nafar yoshlar bakalavriat bosqichiga, 8 nafar talaba magistraturaga qabul qilinmoqda.

Ayni paytda Samarqand davlat universiteti qoshida taniqli adabiyotshunos, professor Muslihiddin Muhiddinov raisligida ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. Mazkur ilmiy kengashda tojik tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha ham doktorantlar, yosh tadqiqotchilar va izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishmoqda.

Fakultet professor-oʻqituvchilari tojik tili va adabiyoti taʼlimi boʻyicha Davlat taʼlim standartlari, namunaviy taʼlim dasturlari va oʻquv qoʻllanmalar hamda darsliklar yaratish borasida ham faol qatnashib kelmoqdalar. Professorlar S.Saʼdiyev, J.Hamroyev,A.Qamarzoda, A.Vohidov, dotsentlar A.Samadov, Gʻ.Mahmudov, oʻqituvchilar A.Vohidov, M.Davronovalar umumtaʼlim maktablari uchun tojik tili va adabiyotidan darsliklar yaratdilar va hozirda mazkur darsliklar xalq taʼlimi sohasida asosiy oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanilmoqda.

Mustaqillik yillarida fakultet professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan universitetda Roʻdakiy, Abdurahmon Jomiy, Sadriddin Ayniy, Hoji Muyin, Foteh Niyoziy, Shodon Hanif kabi adiblar ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar oʻtkazildi.

Xulosa qilib aytganda, tojik filologiyasi yoʻnalishi jamoasi har tomonlama yetuk, bilimdon, kasbiga sadoqatli mutaxassislar tayyorlash yoʻlida gʻayrat koʻrsatmoqda. Bu yoʻlda qator ishlar rejalashtirilgan. Ushbu amalga oshiriladigan ishlar asosida, albatta, yurtimiz taraqqiyoti uchun hissa qoʻshadigan malakali kadrlar tayyorlash maqsadi turibdi.

Universitetning 600-yillik toʻyini koʻtarinki ruhda oʻtkazish Oʻzbekistonda ilm-fannining yangi renessans davri boshlanayotgan bugungi qutlugʻ kunlarga toʻgʻri kelmoqda. Shuning uchun ham bu shodiyona uning hamjihat jamoasi qalbini gʻurur-iftixorga toʻldirmoqda, yangi izlanishlar uchun ilhom bagʻishlamoqda.

Juma HAMROH,
SamDU tojik tili va adabiyoti kafedrasi
mudiri, filologiya fanlari doktori, professor.

Abdusalom SAMADOV,
SamDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat universiteti – 600 yoshda